Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya rahbari Kipr iqtisodiy hududidagi harakati uchun Turkiyaga keskin choralar ko‘rilishi bilan tahdid qildi
Yevroittifoq Kiprning alohida iqtisodiy hududidagi noqonuniy harakatlari uchun Turkiyaga nisbatan keskin choralarni imkon boricha tezroq qabul qiladi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker ma'lum qildi.
"Turkiya amalga oshirayotgan ishni qabul qilib bo‘lmaydi. Sammit Yevrokomissiyadan imkon boricha tezroq chora ko‘rishni so‘radi. Va shunday bo‘ladi ham. Choralar unchalik yumshoq bo‘lmaydi", - dedi u Yevrokomissiya sammitida bu masalaga alohida e'tibor qaratilganini ta'kidlarkan.
Kiprning alohida iqtisodiy hududida ulkan tabiiy gaz konlari topilgan. Ushbu hudud chegaralar borasida bahslashayotgan Anqara gaz konlari topilgan joyga Fatih burg‘ulash kemasini jo‘natgan. Turkiyaning bildirishicha, burg‘ulash ishlari 3 sentyabrgacha davom etadi.
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an mamlakat kiprlik-turklarning gaz konlariga bo‘lgan huquqini kerak bo‘lsa qurolli kuchlar yordamida himoya qilishga tayyorligini ma'lum qildi. 10 iyun kuni Kipr hukumati Fatih kemasi ekipaji a'zolarini hibsga olishga ruxsat berdi. Hozirda jami 25 kishi hibsga olinish xavfi ostida turibdi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026