Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei AQSh savdo vazirligini sudga berdi
Foto: Fred Dufour/AFP via Getty Images
Xitoyning Huawei kompaniyasi musodara qilingan telekommunikatsion qurilmasini qaytarishni talab qilib AQSh savdo vazirligini sudga berdi. Bu haqda Blumberg agentligi xabar berdi.
Ikki yildirki, amerikalik amaldorlar 2017 yil iyulda Kaliforniya shtatidagi laboratoriyaga sinov uchun jo‘natilgan, ammo keyin Xitoyga jo‘natilayotganda Alyaskada musodara qilingan qurilmani olib chiqib ketishga litsenziya berish-bermaslik borasida bir qarorga kela olishmayapti.
Huawei ta'kidlashicha, kompaniya Amerika tomoniga jo‘natilayotgan vaqtda AQShdan olib chiqib ketish uchun alohida litsenziya talab qilinmaydigan bu mahsulot to‘g‘risidagi barcha ma'lumotni taqdim etgan. Biroq savdo vazirligi 20 oydan buyon qaror qabul qilmayapti.
Shu munosabat bilan Huawei suddan AQSh ma'muriyati “noqonuniy ravishda betaraf turgani yoki idoraning harakatlarini asossiz ortga surib kelayotgani”ni e'tirof etishni so‘ramoqda.
16 may kuni AQSh savdo vazirligi Xitoyning Huawei kompaniyasi va uning 70ta filialini qora ro‘yxatga kiritdi. Keyinroq Google, Intel, Qualcomm, Xilinx va Broadcom kompaniyalari Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma'lum qildi. Shuningdek, Britaniyaning ARM korporatsiyasi ham ular safiga qo‘shildi.
Mavzuga oid
21:26
Rossiya sanksiyalarni bekor qilish evaziga AQShga «katta kelishuv» taklif qildi – OAV
09:53
Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi
08:42
AQSh Kiyevga Yevropada Patriot uchun raketalar ishlab chiqarishga ruxsat bermadi
23:02 / 17.02.2026