Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda AQShga ishlagan josus qatl etildi
Eronda 2010 yilda fosh qilingan AQSh josusiga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi hukmi ijro etildi.
Ta'kidlanishicha, Eronning mudofaa sohasida ishlagan va AQShning Markaziy razvedka boshqarmasiga ishlashda gumon qilingan Jalol Hojizafar qatl etilgan. Tergov versiyasiga ko‘ra, Hojizafar MRBga davlat sirini tashkil qiluvchi ma'lumotlarni bergan.
Tergov vaqtida uning uyida ko‘plab hujjatlar va yashirin kuzatuv olib borish uchun josuslik qurilmalari aniqlangan.
Erkak 2010 yilda sudlangan. U shu vaqtgacha mamlakat shimolidagi Karaj shahridagi turmada qattiq nazorat ostida saqlangan.
Shuningdek, Hojizafarning rafiqasi erining jinoyatiga sheriklik qilish aybi bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
08:55 / 20.06.2026
OAV: Uitkoff Eron bilan muzokaralar uchun Shveytsariyaga yo‘l oldi
22:39 / 19.06.2026