Jamiyat | 15:55 / 24.06.2019
8828
4 daqiqa o‘qiladi

«Ipak Yo‘li» bankining yangi ofisi ochildi

Joriy yilning 22 iyun kuni «Ipak yo‘li» AITBning Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi va A.Temur shoh ko‘chasi chorrahasi, 47-uyda joylashgan yangi «Markaz» bank ofisi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yig‘ilgan mehmonlar tasmalarni kesish marosimida ishtirok etishdi hamda ular e'tiboriga «Ipak Yo‘li» bankining faoliyati va yangi bank ofislari xususiyatlari haqida taqdimot qilindi. Marosimda Mirobod tuman hokimligi vakillari, Bank Boshqaruvi a'zolari, bank mijozlari, jurnalistlar, blogerlar va boshqalar ishtirok etdi.

«Markaz» xizmat ko‘rsatish ofisi barcha mijozlarga: aholi va tadbirkorlar uchun bank xizmatlarining barcha turlari ko‘rsatiladi. Shuningdek ushbu ofisda tadbirkorlar va korporativ mijozlar uchun tajribali mutaxassislar tomonidan moliyaviy maslahatlar berilib boriladi.

Bank Boshqaruv Raisining o‘rinbosari Davron Mirtursunov:

«Mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi yuqori texnologiyali markazning ochilishi biz uchun muhim ahamiyatga ega hodisadir. “Ipak Yo‘li” banki o‘z mijozlariga eng zamonaviy va sifatli moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishga va o‘z ofislari tarmog‘ini kengaytirishga intiladi.

Yangi formatdagi ofis tadbirkorlarga, shahar aholisi va mehmonlariga xizmat ko‘rsatadi. Ularga yanada raqobatbardosh va foydali takliflarni beradi. Shunday markazlar bizni mijozlar, ayniqsa, odatiy ish vaqtida bankka kelolmaydiganlar bilan yaqinlashtiradi».

Chakana savdo departamenti direktori Ulug‘bek Tavakkalov:

«Yangi formatdagi bank ofislar kelgusida ham ochilishi va poytaxt aholisi va mehmonlariga yuqori sifat standartlarida xizmat ko‘rsatishni ta'minlash imkonini berishiga umid qilamiz. Mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yagona tarmog‘i tajriba almashish, xizmat ko‘rsatish, mahsulot va texnologiyalar toifalarining strukturasi ko‘payishi imkonini beradi».

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazining o‘ziga xos tomoni, uzaytirilgan ish kunidir. Ya'ni masofaviy ofis ish kunlari soat 20:00 ga qadar ishlaydi, mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatadi, ularga kartalar qisqa vaqt ichida chiqarib beriladi hamda kartalarni individul dizaynda chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Markazda, shuningdek, biznes va aholini kreditlash amalga oshiriladi. Markazda Bankning tajribali mutaxassislari ishlaydi.

Shuningdek, 2019 yilning 1 avgustga kadar, mazkur ofisda mijozlarga UzCard, HUMO va UnionPay kartalari ochilishi, shuningdek hisobdagi qoldiqlar haqida elchixonalarga beriladigan ma'lumotnomalar berilishi bepul.

«Ipak Yo‘li» Banki zamon bilan hamnafas qadam tashlamoqda. Kelgusida ham bank bu an'anaga sodiq qoladi.

Bank haqida ma'lumot

«Ipak Yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki 1990 yil 23 aprelda tashkil topgan va hozirda Respublikamizdagi barqaror rivojlanayotgan moliya muassasalaridan biri hisoblanadi. Bank moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi beshta bank qatoriga kiradi.

Ayni vaqtda O‘zbekiston bo‘ylab Bankning 15 ta filiali va amaliyot boshqarmalari, 37 ta ekspress-markazlari va 245 ta bankomatlari xizmat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda Buxoro shahrida yana yangi filial ochilishi kutilmoqda.

Namunaviy bank ofisi Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi va A.Temur shoh ko‘chasi chorrahasidagi 47-uyda, «Shimoliy vokzal» yaqinida joylashgan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid