Markaziy Osiyo inson huquqlari vakillari hamkorlik «Yo‘l xaritasi»ni qabul qilishdi
Markaziy Osiyo mamlakatlari ombudsmanlari va inson huquqlari sohasidagi xalqaro institutlar hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan «Yo‘l xaritasi» ni qabul qilishdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
24 iyun kuni Toshkent shahrida shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlarining inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy muassasalari mintaqaviy maslahatlashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va mezbon davlat — O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha vakillar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi.
Istanbul va Olmaota shaharlarida loyihasi ishlab chiqilgan «Yo‘l xarita» vanihoyat Toshkent shahrida qabul qilindi. Bu mintaqa mamlakatlari inson huquqlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy tajriba almashish uchun platformalar yaratishni, shu jumladan, xalqaro forumlar doirasida tadbirlar o‘tkazishni, bosma va internet-resurslar yaratishni o‘z ichiga oladi.
«Shu jumladan, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, mehnat migrantlari va voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish, huquqiy madaniyatni oshirish, qiynoqlarning oldini olish va BMT organlarining tavsiyalarini bajarish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda hamkorlikni mustahkamlash rejalashtirilgan», — deyiladi rasmiy axborotda.
Mintaqaviy maslahatlashuvlarning ikkinchi kuni ishtirokchilar BMT barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarishning borishini muhokama qilish va milliy darajada ularning ijrosini monitoring qilish yuzasidan tajriba almashish masalalarini muhokama qilishadi.
Mavzuga oid
12:30 / 19.11.2024
Ombudsman fuqaro shikoyati asosida o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga egaligi belgilandi
14:09 / 31.08.2024
Ozodlikdan mahrum etish joylarida “Ombudsman qutilari” o‘rnatiladi
20:44 / 16.08.2024
“Bu mamlakat bolalari taqdiri uchun muhim qonun bo‘ladi” – bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova
09:10 / 19.07.2024