Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilda 46 xorijiy fuqaro giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan
Giyohvandlik vositalarini yetishtirish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinlarda turadigan davlatlardan sanalgan Afg‘oniston bilan chegaradoshlik O‘zbekistondagi narkovaziyatga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro ekspertlarning ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda Afg‘onistonda ko‘knor yetishtiriladigan maydonlar 263 ming gektarni, ishlab chiqilgan opiy miqdori 6400 tonnani tashkil etgan. Bu haqda DXX tomonidan tashkil etilgan tadbirda ma'lum qilindi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Afg‘on narkotiklari O‘zbekistonga asosan, Tojikiston va Qirg‘izistondan hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Afg‘onistondan Amudaryo orqali Surxondaryo viloyatiga, janubiy-sharqdan – Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga hamda shimoliy-sharqdan – Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatiga olib kirish holatlari uchramoqda.

Tadbirda, shuningdek giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishda ushlangan fuqarolar soni va mamlakatlariga ham oydinlik kiritdi.

2018 yili O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni amalga oshirganligi uchun ushlangan shaxslarning 46 nafari chet el fuqarolaridir. Ulardan 15 nafari Afg‘oniston, 10 nafari Qozog‘iston, 7 nafari Tojikiston, 5 nafari Rossiya, 5 nafari Qirg‘iziston, 1 nafardan Armaniston, Fransiya, Italiya va Koreya davlatlari fuqarolaridir. Ulardan 190,6 kg giyohvandlik vositalari musodara qilingan.
Mavzuga oid
14:08 / 28.12.2025
Qoraqalpog‘istonda soliq boshqarmasi ikki xodimi ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
19:24 / 20.12.2025
Sirdaryo tumanida psixotrop va giyohvandlik moddalari muomalaga kiritilishining oldi olindi
08:59 / 20.12.2025