O‘zbekiston | 18:30 / 27.06.2019
22210
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Jasliq posyolkasida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

25-26 iyun kunlari Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi kuch tuzilmalari Jasliq aholi yashash punktida xavfsizlikni ta'minlash va shartli terrorchi guruhlarni yo‘q qilish bo‘yicha hamkorlikda taktik maxsus o‘quvlarini o‘tkazishdi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Hamkorlikdagi o‘quv operatsiyada Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qo‘mitasi hamda mahalliy boshqaruv organlarining hududiy bo‘linmalari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Maxsus mashqlar Jasliqdagi obektlardan birida o‘tkazilgan bo‘lib, o‘quv rejasiga asosan u yerda shartli terrorchi guruhlari tomonidan garovga olingan ishlab chiqarish tashkilotining xodimlarini ozod qilish operatsiyasi ko‘rsatildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Hamkorlikdagi kuchlar tomonidan amalga oshirilgan maxsus harakatlar davomida «garovga olinganlar» qutqarilib, shartli dushman kuchlari yo‘q qilindi. Muhandislik bo‘linmalarining xatti-harakatlari bilan bino ichkarisida o‘rnatilgan «portlovchi modda» zararsizlantirildi.

Mavzuga oid