Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Tojikiston armiyasi va maxsus xizmatlarini kuchaytirishga ko‘maklashadi
Rossiya Tojikiston armiyasi va maxsus xizmatlarini kuchaytirishga ko‘maklashadi. Bu haqda Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan KXShT mamlakatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari qo‘mitasi yig‘ilishida ma'lum qildi.
"Biz Rossiya mudofaa vazirligi va maxsus xizmatlari yo‘nalishida, jumladan Tojikiston qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish bo‘yicha Tojikiston kuch tuzilmalarini mustahkamlaymiz", - dedi Patrushev.
Mutaxassislarning qayd etishlaricha, KXShT mamlakatlari xavfsizligi uchun asosiy tahdid Afg‘onistonning shimoliy viloyatlaridan bo‘lmoqda.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.
Mavzuga oid
11:50
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
10:10
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30
Saratov NQZdagi asosiy qurilma ishdan chiqdi - Reuters
22:47 / 09.07.2026