O‘qituvchi o‘quvchilarga yozgi ta'til uchun bergan vazifalarini ommaga e'lon qildi va butun dunyoga tanildi
Italiyadagi dengiz bo‘yidagi Fermo shaharchasidagi Polo Scolastico Paritario Don Bosco maktabi o‘qituvchisi Chezare Kata o‘z o‘quvchilariga yozgi ta'til uchun o‘n besh banddan iborat uy vazifasini berdi. Bu o‘qituvchi o‘z o‘quvchilari uchun amalga oshirishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi ish, deya ta'kidlamoqda fit4brain.com.
Chezare Kata tomonidan berilgan uy vazifasi tarmoqda o‘nlab layklarni to‘plagan. O‘z ishini sevish va bolalar haqida qayg‘urish degani ana shunday bo‘libdi.
Chezare Kata tomonidan berilgan 15 band quyidagicha:
1. Tongda qirg‘oq bo‘yida yolg‘iz sayr qiling, quyosh nurlariga qarang va sizni baxtli qiladigan narsalar haqida o‘ylang.
2. Biz bu yil o‘rgangan yangi so‘zlardan foydalanishga harakat qiling. Qancha ko‘p ayta olsangiz, siz shuncha qiziqarliroq o‘ylaysiz. Fikrlaringiz qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha erkin bo‘lasiz.
3. Mutolaa qiling! Ko‘p, qancha o‘qiy olish qo‘lingizdan kelsa, shuncha. Buni bajarishingiz kerakligi uchun emas. Chunki yoz fasli orzu va sarguzashtlar uchun ishtiyoq beradi, mutolaa esa xuddi parvoz kabidir. Mutolaa qiling, chunki bu isyonning eng yaxshi shaklidir (aynan nimani o‘qish bo‘yicha maslahat olish uchun mening yonimga keling).
4. Sizga salbiylik va bo‘shliq hissini keltiruvchi barcha narsalar (vaziyat va odamlar)ni chetlab o‘ting. Sizni boyituvchi, ya'ni sizni tushunadigan va borligingizcha qadrlaydigan ilhom va do‘stlarni izlang.
5. Agar tushkunlik va qo‘rquvni his qilsangiz, xavotirlanmang: yoz ham hayotdagi boshqa ajoyib narsalar kabi qalbga g‘ulg‘ula solishi mumkin. Kundalik tuting, o‘zingizni qanday his etayotganingizni tasvirlang (sentyabrda, agar istasangiz, buni hammamiz birga o‘qib chiqamiz).
6. Raqsga tushing va hech narsadan uyalmang. Istalgan joyda: xoh raqs maydonchasi, xoh xonangizda bo‘lsin. Yoz bu – raqs, unda ishtirok etmaslik ahmoqlik.
7. Hech bo‘lmaganida bir marta kun chiqishini kutib oling. Sukunatda turing va chuqur nafas oling. Ko‘zlaringizni yuming va shukronalikni his eting.
8. Sport bilan ko‘proq shug‘ullaning.
9. Agar o‘zingiz yoqtirib qolgan biror kishini uchratsangiz, unga buni chiroyli va ishonarli qilib ayting. Sizni tushunmasliklaridan cho‘chimang. Agar hech narsa chiqmasa , demak taqdir emas. Agar sizni tushunib, javob qaytarishsa, yozni birgalikda o‘tkazasiz va bu oltin davr bo‘ladi. (Muvaffaqiyatsizlik holatida 8-bandga qayting).
10. Darslarimiz konspektini qaytadan o‘qib chiqing: o‘qigan narsalarimizni hayotingizda sodir bo‘layotganlar bilan taqqoslang.
11. Quyosh nuri kabi baxtli, dengiz kabi erkin bo‘ling.
12. Iltimos, urishmang. Muloyim va mehribon bo‘ling.
13. Bir vaqtning o‘zida ingliz tilini yaxshilash va his etish va orzu qilish uchun hissiy dialoglarga boy yaxshi filmlarni (agar iloji bo‘lsa, ingliz tilida)tomosha qiling. Kino siz uchun so‘nggi titrlar bilan yakunlanmasin, uni qayta va qayta yashang. Uni ushbu yoz tajribasiga kiriting.
14. Yoz bu – ajoyib. Tongdagi jilvalanuvchi quyosh nurida va yoz oqshomlarida hayot qanday bo‘lishi kerakligi haqida orzu qiling. Orzu sari yo‘lda chekinmaslik uchun qo‘lingizdan kelganini qiling.
15. Yaxshi odam bo‘ling.
Mavzuga oid
15:21 / 24.07.2023
Maktab o‘qituvchilariga 7,8 mlrd so‘mlik ta’til pullari undirib berildi
07:31 / 14.07.2023
Yangi ishga kirayotgan xorijiy til o‘qituvchilariga B2 darajadagi sertifikat majburiy bo‘ladi
18:39 / 27.06.2023
O‘qituvchilarning ta’tili 56 kun etib belgilandi
20:40 / 22.06.2023