Jahon | 12:08 / 29.06.2019
5559
1 daqiqa o‘qiladi

Merkel salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammo yo‘qligini ta'kidladi

Foto: REUTERS/Kevin Lamarque

Germaniya kansleri Angela Merkel Osakada jurnalistlar bilan muloqotda sog‘ligi bilan bog‘liq jiddiy muammo yo‘qligini aytdi. 

"Qanday paydo bo‘lgan bo‘lsa, shunday o‘tib ketishiga ishonaman. Bu haqda biror narsa deya olmayman. O‘zimni yaxshi his qilyapman", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi DPA agentligi.

18 iyun kuni Angela Merkel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida titroq ostida qolgandi. Berlinda bo‘lib o‘tgan marosimda Merkelni to‘satdan titroq bosgan, u titroqni bosish uchun qo‘llarining holatini bir necha bor o‘zgartirgandi.  

27 iyun kuni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashuv chog‘ida ham uni kuchli qaltiroq tutib qolgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid