Farğona viloyati, Qöştepa tumanida faoliyat yurituvçi «Olimboy hoji» çorvaçilik fermer xöjaligidagi mavjud muammolar haqida maqolalar e'lon qilganimizdan keyin tuman hokimligi zarur çoralarni körib, ahvolni önglaşga harakat qiladi, degan umidda edik. Ammo...

Keling, avvalo, hammasini bir boşdan qisqaça eslab ötaylik.

«Olimboy hoji» çorvaçilik fermer xöjaligi rahbari Abdumannob Qosimov 2018 yilda bankdan katta miqdorda kredit olib, Germaniyadan 99 boş naslli qoramol xarid qilgan. Bu qoramollar Qöştepa tumaniga yetib kelgaç, fermer haqida televideniye, davriy va internet naşrlarida xabarlar tarqatilgan. Öşa kunlardagi maqtov va olqişlardan tuman rahbarlari hamda soha mutasaddilari ham benasib qolişmagan. Ular mazkur ezgu işni allaqaçon manzilli dasturga kiritib qöyişgan edi. Şu bois fermer xöjaligiga ozuqa yetiştiriş uçun yer maydoni ajratilsa maqtov ustiga maqtov yoğilgan bölardi. Biroq beçora fermer negadir özi kutgan munosabat va muomalaga loyiq körilmadi. Gap şundaki, mutasaddilar unga yer maydoni ajratib berişni avvaliga paysalga solişdi, oxiri uning «ovozi» şu bilan öçsa, öça qolsin, degandek, hosil olişga öta nobop yerni «tortiq» qilişdi. Örtaça boniteti 43 ball bölgan jami 59,8 gektar yerni ular juda hosildor va suğorişga qulay, deb maqtaşdan uyalişmadi.

Holbuki, öşa yerda avvalgi yillarda dehqonçilik qilgan «Muattar zamin ziynati» hamda «Qöştepa Buvayda hamkori» fermer xöjaliklari paxta va ğalladan közlangan hosilni ololmasdan kuyib ado bölişgan ekan. Xususan, 2017 yilda «Muattar zamin ziynati» fermer xöjaligi «hosildor» yerdan 42,7 tonna örniga zörğa 11,3 tonna paxta olgan. «Qöştepa Buvayda hamkori» esa 2018 yilda 28 tonna örniga zör-bazör 9,8 tonna paxta olgan xolos.

Bunday raqamlar çorvador fermerga ajratilgan yer maydonining naqadar «hosildor» ekanidan dalolat berib turibdi. Buni tuman mutasaddilari ham yaxşi bilişardi. Lekin nimagadir tuman hokimligi zaxirasida boşqa yer maydoni mavjud emasdek, öşa yerni Abdumannob Qosimovga «ötkaziş»ga harakat qilaverişdi. U esa viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyevning qabuligaça bordi. Viloyat rahbari Qöştepa tumani hokimiga mazkur fermer xöjaligining mavjud ğalla maydonini çorvaçilikka ötkaziş haqida tegişli topşiriq berdi. Viloyat hokimining bu topşiriği bajarilganida keyingi maşmaşalar umuman kelib çiqmasdi. Biroq tuman hokimi I. Novikov öz bilganidan qolmadi va «Xohlasangiz şu, aks holda yerni taşlab, qoramollarni olib ketavering» degan ma'noda avvalgi fikrida qat'iy turib oldi.