Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar 10 ming qutiga yaqin tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish, aksiz markasiz yoxud boshqa davlatlarning aksiz yorlig‘iga ega bo‘lgan tamaki mahsulotlarining olib kirilishini oldini olish bojxona organlari zimmasiga yuklangan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tamaki mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishiga va ichki hududda noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay bunday holatlar hali hamon uchrab turibdi.
Ana shunday holatlardan biriga Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida chek qo‘yishdi.
Tezkor tadbir davomida Bekobod shahrida Q.D., S.O. lar qo‘shni davlat bilan chegaradosh hududidan 118 million so‘mlik 9500 quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda olib kirayotganlarida to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro F.Z. ning qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rasatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan, qiymati 1,5 million so‘mlik 130 dona quti tamaki mahsulotlarini olib kirish vaqtida to‘xtatib qolindi.
Yana bir holatda “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Qo‘shni davlatdan “Bekobod” temir yo‘l bekati orqali tranzit yo‘lovchi poyezdida kirib kelgan fuqaro Q.M. og‘zaki so‘rovdan so‘ng qo‘l yuklari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada uning yuklari orasidan bojxonachilarga ma'lum qilinmagan 1,3 million so‘mlik 130 quti tamaki mahsulotlari borligi fosh etildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

21:51 / 30.06.2025
Gretsiyada bolalarni tamaki olib kelishga yuborganlarni jinoiy javobgarlikka tortish boshlanadi

23:26 / 30.05.2025
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi

18:44 / 02.04.2025