Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piyodani urib yuborib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda
2019 yil 30 iyun kuni soat 05:25larda noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani Aqmang‘it OFY hududidan o‘tuvchi “Nukus-Aqmang‘it-Kegeyli” yo‘lida haydab ketayotib piyoda, Nukus tumani Ko‘k-tau MFYda yashagan 35 yoshli J.B.ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada piyoda J.B. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu hodisaga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz yoki ushbu hodisaga aloqador, shuningdek mazkur yo‘l-transport hodisasini sodir etgan shaxs va uning avtomashinasi haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga yoki “102” telefon raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026