Jizzaxdagi istirohat boği attraksionida nosozlik oqibatida halok bölgan qiz fojiasi ötgan haftaning eng ayançli hodisasi böldi. Avval Navoiyda ham şunga öxşaş voqea sodir bölgandi. Gap inson hayoti va uning xavfsizligi haqida ketar ekan, bu borada jiddiy çora körilişi şart. Bu kabi fojialarning oldini oliş uçun qanday çora-tadbirlar qilinyapti? Şu va boşqa savollarga Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi raisi v.b. Baxtiyor Ğulomov javob berdi.

«Istirohat boğlari bilan heç kimning işi bölmagan» 

Şu paytgaça attraksionlardagi xavfsizlik ustidan davlat nazorati örnatilmagan edi. Istirohat boği faoliyati bilan heç kimning işi bölmagan. Faqatgina 2010 yilda qabul qilingan bitta hujjat —  «Boğlar hamda madaniyat va istirohat boğlari xodimlari uçun mehnatni muhofaza qiliş qoidalarini tasdiqlaş haqida»gi  buyruq amalda edi. Sohani tartibga soluvçi qonunçilik bazasi kuçsiz bölgani uçun qator muammolar kelib çiqqan. Şuningdek, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi oldin inspeksiya körinişida tor doirada, vakolatlari çeklangan şaklda faoliyat olib borgan. 2018 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boşqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» gi Prezident farmoni bilan sobiq «Sanoatgeokontexnazorat»  davlat inspeksiyasi negizida Davlat qömitasi taşkil etildi hamda faoliyat kölami kengaydi. Qömita tarkibida 10 ta inspeksiya taşkil topdi. Ulardan biri istirohat boğlari attraksionlarini nazorat qiliş inspeksiyasi bölib, istirohat va madaniyat boğlari dam oluvçilari xavfsizligini ta'minlaş maqsadida attraksionlar faoliyatini nazorat qiladi.

«Şu kungaça attraksionlarning sertifikati bölmagan» 

Sertifikatlaş tizimining 2 xil: majburiy va ixtiyoriy turlari bor. Attraksionlar majburiy sertifikatsiya emas, balki ixtiyoriy sertifikatsiyadan ötişga ruxsat berilgan. Natijada, xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş yuzasidan qat'iy talab qöyilmagan. Muammoning yeçimi sifatida «Boğ attraksionlari va öyin qurilmalaridan xavfsiz foydalaniş böyiça reglament»ni işlab çiqdik. Uni «Özstandart»  agentligi ekspertizasidan ötkazib, Vazirlar Mahkamasiga körib çiqiş uçun kiritildi. Agar reglament kuçga kirsa, attraksionlar majburiy sertifikatlanadi. Bundan qanaqa imkoniyatlarga ega bölamiz? Sertifikatlaştiriş tizimi yölga qöyilgandan söng davlat nazoratini yölga qöyiş imkoniyati böladi. Bu böyiça 2 oy oldin 13 nafar mutaxassis öqitildi, 27 iyun kuni attestatsiyadan ötdi va ularga davlat inspektori guvohnomasi berildi. Bu mutaxassislar respublikadagi barça istirohat va madaniyat boğlarini davlat röyxatiga olişda iştirok etişadi.

«Texpasporti bölmagan attraksion egalariga qat'iy çora köriladi»