Chirchiqda kafe ishchilarini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, jinoyat sodir etgan aka-uka qo‘lga olindi
2019 yil 30 iyun kuni soat 02:00larda 2 noma'lum shaxs Toshkent viloyatining Chirchiq shahri A.Temur ko‘chasida joylashgan “Oltin diyor” kafesiga temir panjarasidan oshib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular shu kafening to‘rt nafar ishchisini kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, ular orasidagi 18 yoshli D.B.ga tegishli “Redmi” va “Miyezu” hamda R.E.ga tegishli “Samsung” rusumli mobil telefonlarini olib voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chirchiq shahar 4-mikrorayonda yashovchi 25 yoshli F.A. va uning birga yashovchi ukasi 23 yoshli I.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:31 / 09.11.2024
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
10:50 / 01.11.2024
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 273 mlrd so‘m zarar yetkazildi
11:12 / 29.10.2024