Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
O‘zbekistonning bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 30 iyun kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi O.R. to‘satdan vafot etdi. U Primore o‘lkasida 2018 yil may oyidan buyon qonuniy ravishda yashab va ishlab kelgan.
TIV xabariga ko‘ra, ayni paytda bosh konsulxona konsullik-huquqiy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda Agentlik huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan hamyurtimizning jasadini vatanga olib kelish masalasi bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan hamda eslatishicha, Rossiyaning Uzoq sharq federal okrugi (Amur oblasti, Kamchatka o‘lkasi, Magadan oblasti, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom oblasti, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026