Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Trampdan bergan va'dasini bajarishni va Huawei’ga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishini so‘radi
AQSh prezidenti Donald Tramp bergan va'dalarini eslashi va Huawei korporatsiyasiga nisbatan sanksiyaviy bosimni bas qilishi kerak. Bu haqda XXR tijorat vazirligi vakili Gao Fen aytdi.
"Biz Trampning Osakadagi G20 sammiti matbuot anjumanidagi bayonotini e'tiborga oldik: Amerika tomoni o‘z milliy korxonalariga Huawei’ga yuqori texnologiya mahsulotlarini sotishga ruxsat beradi. Umid qilamizki, AQSh va'dasida turadi va qisqa muddatlarda xato choralar ko‘rishni to‘xtatadi, Xitoy kompaniyalariga bosim o‘tkazishni bas qiladi", dedi u.
Osakadagi G20 sammitida XXR raisi Si Tszinpin bilan muzokaralar yakunida AQSh prezidenti Huawei’ga Amerika mahsulotlarini olishga ruxsat berishini bildirgandi.