Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada politsiya va razvedkaning OAV erkinligiga ta'sir ko‘rsatish holati bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlandi
Avstraliya hukumati politsiya organlari va razvedka kuchlarining matbuot erkinligiga ta'sir ko‘rsatish holati bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi.
"Parlamentning razvedka va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi politsiya organlari va razvedka kuchlarining matbuot erkinligiga ta'sir ko‘rsatish holati bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshladi", - deyiladi parlament xabarida.
Iyun oyi boshlarida Avstraliya federal politsiyasi Afg‘onistonda mamlakat harbiylari jinoyatlar sodir etgani haqidagi 2017 yildagi turkum materiallari uchun Sidneydagi ABC korporatsiyasi qarorgohida tintuv o‘tkazgandi. Xabar qilinishicha, 2009 yildan 2013 yilgacha tinch aholining o‘limi bo‘yicha jurnalistik surishtiruv olib borgan jurnalistlar Den Ouks va Sem Klark hamda yangiliklar bo‘limi direktori Gevin Morrisga nisbatan tintuv o‘tkazilgan.
ABC telekanali mamlakat federal sudiga murojaat qilib, tintuv orderini haqiqiy emas deb topishni va barcha olib qo‘yilgan materiallarni qaytarishni so‘ragan.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
13:42 / 16.03.2026