Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi lavozimidan ozod etildi
Joriy yilning 5 iyul kuni Farg‘ona viloyatida imom-xatiblarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlar bo‘limi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Salim Qodirov o‘z ixtiyoriga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar bosh imom-xatibi va “Xonaqoh” jome masjidi imom-xatibi Ubaydulloh Abdullayev Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ubaydulloh Abdullayev 1975 yil Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, 1998 yil Andijondagi Sayyid Muhiddin Maxdum madrasasini tamomlagan. 1998-2014 yillarda Marg‘ilondagi Qutayba ibn Muslim masjidida imom-xatib, 2014 yildan esa Xonaqoh masjidi va Marg‘ilon shahar bosh imom-xatibi sifatida ishlagan.
Foto: Fargonaziyo.uz
Eslatib o‘tamiz, may oyida Salim Qodirov «Islomda ayol huquqlari» muallifi Nigoraxon Yusupova tomonidan plagiatda ayblagandi. Nigora Yusupova Salim Qodirov nomidan chop etilgan «Ayolni e'zozlagan din» kitobi aslida Yusupovaning 2006 yildagi «Islomda ayol huquqlari» monografiyasidan ko‘chirilganini aytgandi.
Mavzuga oid
11:20
So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
09:00 / 08.07.2026
Farg‘onada qariyb 6 kg «gashish» musodara qilindi
17:55 / 03.07.2026
Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi
10:25 / 17.06.2026