Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron uranni yuqori darajada boyitishni boshlamoqda
Eron 7 iyuldan uranni 5 foizgacha boyitishni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron oliy rahbari maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy ma'lum qildi, deb xabar berdi Fars axborot agentligi.
Uning aytishicha, ushbu qadam jahon yadro energetikasi rivoji manfaatlariga javob beradi.
“Biz mutlaq tinch maqsadni ko‘zlaymiz, chunki iqtisodiyotimiz va sanoatimizda elektr energiyaga ehtiyoj mavjud”, deb aytgan Viloyatiy.
Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Tehron 7 iyuldan uranni 3,67 foizdan yuqoriroq darajada boyitishni boshlamoqchiligini ma'lum qilgan. U, shuningdek, Yevropa va AQShga muzokaralarga qaytishni tavsiya qilgan. Ruhoniy yadro kelishuvining boshqa ishtirokchilari kelishuv shartlariga 100 foiz amal qilsalar, Eron ham ularga to‘liq amal qilishini aytgan.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
15:35 / 17.06.2026
OAVda Eron va AQSh o‘rtasidagi kelishuv loyihasi matni e’lon qilindi
08:30 / 17.06.2026
Dunyodagi eng yirik uran zaxiralari: O‘zbekiston ham ro‘yxatda
18:52 / 16.06.2026