Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha uchrashuvga Facebook va Twitter kompaniyalarini taklif qilmadi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Facebook va Twitter kompaniyalarini ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha Oq uyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga taklif qilmadi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Telekanalning bildirishicha, Oq uyning Facebook va Twitter borasidagi bunday qarori avvaldan kutilgandi. Kompaniyalardagilarning fikricha, mazkur uchrashuvda asosan Facebook va Twitter siyosatidan norozi qarashlarga ega bo‘lganlar qatnashadi.
Oq uy ma'muriyatining ma'lum qilishicha, uchrashuvda "raqamli axborot makoni yetakchilari zamonaviy internet muhitining imkoniyat va muammolari xususida suhbatlashishadi".
Tramp ko‘p bora Facebook va Twitter hamda Google qidiruv tizimi konservativ auditoriya ovozini bo‘g‘ib qo‘yayotgani, AQShdagi vaziyat borasidagi ijobiy ma'lumotlarni yashirayotganlikda ayblagandi.