Jahon | 10:07 / 08.07.2019
25554
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya pasportiga ega o‘zbekistonlik sayyohlar Meksikaga kiritilmadi 

Foto: AP Photo/Gregory Bul

Meksikaning Kankun kurort shahriga Rossiya pasportiga ega 14 kishining kirishiga ruxsat berilmadi. Bu haqda RIA Novosti Rossiyaning Mexikodagi elchixonasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

«Ular Nordwind kompaniyasi reysida uchib kelgan, mahalliy migratsiya xizmati safar maqsadi e'lon qilinganiga mos kelmasligini aniqladi», - deya xabar berishgan elchixonadan.

Diplomatlar Rossiya pasportiga ega fuqarolarning kiritilmagani bo‘yicha aniq sabablarni o‘rganishmoqda.

So‘nggi kunlarda bu Rossiyadan kelib, Meksika hukumati tomonidan Kankun aeroportida shahar hududiga kiritilmagan ikkinchi guruh ekani aytiladi. Avvalroq, chegarachilar o‘n kishini ushlab qolishgandi.

Migratsiya xizmati aniqlashicha, uch nafar rossiyalikning asl maqsadi sayyohlikka mos kelmagan. Elchixonadan qayd etishlaricha, bunday holat keluvchilar mehmonxona bronlanganini tasdiqlay olmagani, ortga qaytish chiptalarini ko‘rsatmagani yoki mamlakatda qolish uchun yetarli pul mablag‘lari mavjudligini isbotlay olmagani tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin.

Uch kishi «qora ro‘yxat»da, ularga mamlakatga kirishga taqiq qo‘yilgan. Yana to‘rt nafar yo‘lovchi Rossiya pasportiga ega, ammo O‘zbekistondan kelgan. Migratsiya xizmati fikricha, ularning pasporti soxta bo‘lib chiqishi ehtimoli bor.

Hozirda dastlabki guruhning o‘n yo‘lovchisidan to‘qqiz nafari Rossiyaga qaytarib yuborildi. Diplomatlar yangi sayyohlar guruhining kiritilmagani bo‘yicha vaziyat bilan shug‘ullanmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid