YuNeSKOning Bokudagi sammitiga borgan amaldorlarimiz nima haqida sukut saqlaşdi?
|15:30 / 08.07.201945 35413 min
Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida YuNeSKOning Butunjahon merosi qömitasining 43-sessiyasi bölib ötayotgani haqida avval ham xabar bergan edik.
«Özbekiston uçun bu tadbir köp sabablarga köra muhim sanaladi: bugungi kunda biz jahon madaniy landşaftining haqqoniy va ta'sir kuçiga ega qismiga aylanib böldik va jamoatçilikning madaniy merosni saqlab qoliş uçun qilinayotgan sa'y-harakatlari tuşuniş va qöllab-quvvatlaşga ega bölmoqda. Mamlakatga hurmat-e'tibordan taşqari, bu turizm va iqtisodiyotning boşqa jabhalariga salmoqli foyda ham keltiradi. Faqat biz töğrisöz va oçiq bölsakkina. Lekin, amaldorlarimiz tomonidan Bokuga olib borilgan hujjatlar har doim ham bunday bölavermasligini körsatmoqda…» — deb yozadi Anhor.uz kolumnisti Yuriy Çernogayev.
Hiylami yo aldov?
Şahrisabz, Buxoro va Samarqand YuNeSKOning Osiyo va Tinç okeani mintaqasi obektlari röyxatida Butunjahon merosi qömitasining 43-sessiyasida kun tartibidan örin olgan. Bu uç şahar — tamaddun tarixidan hikoya qiladi. Ularning saqlab qolinişi — butun insoniyat taşvişidir.
Bokuda 180 ta davlatdan kelgan uç mingdan ortiq ekspertlar aynan şuni namoyiş etişga hozirlik körişayotgan edi. Muhim şaxslardan iborat Özbekiston delegatsiyasi sessiyaga har uç obekt böyiça hisobotlarni olib borişdi. Barça hujjatlar — yuqori darajada ustalik bilan tayyorlangan. Aftidan, bu ajoyib qoğozbozlik işi xalqaro ekspertlar tomonidan munosib baholanadi, deb işonilgan.
Butunjahon merosi qömitasi (BMQ) 10 iyulgaça işlaydi, lekin 5 iyul kuniyoq Özbekiston TIV matbuot xizmati ijobiy xulosalarni e'lon qildi: «YuNESKOning Buxoro şahri böyiça rezolyutsiyasida Butunjahon merosi obekti böyiça Boşqaruv qömitasi va yuzaga keladigan muammolarni hal etiş uçun Idoralararo maqsadli guruh taşkil etilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. Samarqand borasidagi hujjatda BMQ Butunjahon merosi markazi va IKOMOSga 2022 yilda Şanxay hamkorlik taşkilotining bölajak sammitini ötkaziş uçun Özbekiston tomonining infratuzilmani rivojlantiriş böyiça loyihalarini «ustuvorlik asosida» körib çiqiş vazifasini qöydi. Rezolyutsiyaga Samarqand şahrini xavf ostida bölgan butunjahon merosi röyxatiga kiritiş töğrisida heç qanday qoida qöşilmadi».
Mavzuga oid
Bir qaraşda, endi YuNeSKO işlari böyiça Milliy qömita, Madaniyat vazirligi, Samarqand va Buxoro hokimliklari bemalol yaşaşlari mumkin, ularga heç qanday e'tiroz yöqdek…
Aslida hammasi aksinça…
Bu yerda taassufli, biroq muhim bir tafsilot borki, u TIV matbuot xizmati xabari hamda sessiya hujjatlari örtasidagi tafovutni körsatib turibdi. Original hujjatda — Buxoro haqidagi rezolyutsiyada şunday deyilgan: «Butunjahon merosi qömitasi dokladida Buxoro tarixiy şahrining aslini va butunligini saqlaş va boşqariş hamda himoya qiliş jiddiy taşviş uyğotmoqda. IKOMOS missiyasi hudud atributlarining OUV (Outstanding Universal Value) — bemisl universal va umumbaşariy qiymati buzilgani haqida xabar bergan. Yangi loyihalar yirik miqyosdagi qurilişlar va infratuzilmalarni rivojlantirişni öz içiga olgan, biroq ular arxitektura yodgorliklari va şahar topografiyasi buzilişiga olib kelgan. 2018 yilgi missiya loyihalarning davom ettirilişi ham, zarar yetgan yodgorliklarda lozim bölmagan usullar va materiallar bilan göyoki tiklaş işlari olib borilişi ham obektning bemisl universal va umumbaşariy qiymati (OUV) uçun tiklab bölmas salbiy oqibatlar keltirib çiqarişini qayd etgan. 2018 yilgi missiya obektni boşqariş tizimi samarasiz, degan xulosaga kelgan. Qömitaning qayd etişiça, obektni saqlaş va uni restavratsiya qilişning tegişli prinsiplarini işlab çiqiş va obektning bemisl universal va umumbaşariy qiymatini (OUV) himoyalaş uçun puxta huquqiy baza bilan ta'minlaş tezkor vazifa sifatida qolaveradi».
Butunjahon merosi qömitasi qabul qilgan qarorda «hukumat tomonidan e'lon qilingan Butunjahon merosi obekti bufer zonasida quriliş işlariga moratoriy (agar unga amal qilinayotgan bölsa) ta'sir doirasini kengaytirişni, şuningdek, Butunjahon merosi markazi/IKOMOSning qöşma missiyasini obektga allaqaçon körsatib bölingan ta'sirni baholaş, şuningdek, unga xavf tuğdiruvçi omillarni tahlil qilişni söraydi». Oxirroğida yanada jiddiyroq: «Buxoro tarixiy markazi» obektining saqlanganlik holati Butunjahon merosi qömitasining 2020 yildagi 44-sessiyada körib çiqiladi». Bu sözlar taşvişdan boşqa yana bir narsadan guvohlik beradi: endi bizning «qoğozlarimiz»ga işonç yöq. Bizni tekşira boşlaşadi.
Nega Şahrisabz haqidagi haqiqatni yaşirişyapti?
TIV matbuot xizmati xabarida Şahrisabz haqida heç qanday ma'lumot yöq, garçi şahar Butunjahon merosi qömitasi sessiyasida muhokama qilingan bölsa-da.
Butunjahon merosi qömitasi Özbekistonni ikki yil içida Şahrisabzning tarixiy markazini reabilitatsiya qiliş variantlarini körib çiqiş, Butunjahon merosi obekti hududida quriliş işlariga töliq moratoriyni saqlab turişga çaqirgan. Bundan taşqari, YuNeSKO Özbekistonga Temuriylar davri tarixiy yodgorliklarini meros röyxatiga qöşiş uçun ariza berişni taklif qilgan, çunki «Şahrisabz — Amir Temur va uning şajarasi hokimiyati ostida şaharning dunyoviy rivojlanişi çöqqisiga yetganining muhim yodgorligidir».
Butunjahon merosi qömitasi şuningdek, «2016 yilda Şahrisabzning tarixiy qismida olib borilgan keng miqyosdagi buziliş işlari tufayli xavf ostida qolgan Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgani»ni qayd etdi. 2018 yilda YuNeSKO Şahrisabzni Butunjahon merosi röyxatidan öçiriş masalasini muhokama qilgan, biroq hukumat tegişli çoralar körilişiga işontirgan.
2019 yilning yanvarida YuNeSKO Butunjahon merosi qömitasi missiyasi va'da berilgan işlardan birortasi bajarilmaganiga duç kelgan va Şahrisabzni «yöq böliş xavfi ostida qolgan obektlar» ruyxatida qoldirişgan. Bu şarmandali röyxatda Şahrisabz bilan yonma-yon Afğonistonning Bamiyon vodiysida «tolibonlar» tomonidan yöq qilingan Budda haykallari ham turibdi.
Samarqand haqida. «Biz sizning aql bilan iş körişingizga işonamiz»
Samarqanddagi vaziyat BMQning 43-sessiyasida jiddiy tarzda körib çiqilgan. Bu şahar dunyo taqdiriga ega va jahon hamjamiyati özining bu boradagi mas'uliyatini his qilmoqda. TIV matbuot xizmatining şahar «xavf ostida bölgan butunjahon merosi röyxatiga kiritilmadi», deb raport berişi aslo bizning xizmatimiz emas. YuNeSKO Butunjahon merosi markazi direktori Mextild Ressler Özbekiston delegatsiyasiga qarata: «Biz sizning aql bilan iş körişingizga işonamiz», degan.
Meros röyxatidagi Samarqandning kartoçka pasportidan köçirma:
«Sönggi yillarda, xususan, 2018 yilning iyun oyida Butunjahon merosi markaziga taşvişlantiruvçi bir neça xabar kelib tuşgan: bevosita obekt yaqinida olib borilayotgan quriliş loyihalari uning bemisl universal va umumbaşariy qiymatiga (OUV) haqqoniy xavf tuğdiradi. Ayniqsa, bu xususiy sektorda an'anaviy uylar ommaviy ravişda buzilişi bilan boğliq».
2019 yilning yanvarida Butunjahon merosi markazi Özbekistondan maxsus doklad taqdim etişni söragan, biroq BMQ xabariga köra, u tayyorlanmagan. 2019 yilning martida Özbekiston boşqa dokladni taqdim etgan, unda Samarqandning yangi boş rejasi, tarixiy markaz va bufer zonasining detallaştirilgan loyihasi, yangi harakatlaniş sxemasi tayyorlanayotgani bayon qilingan. BMQ hujjatida bu işlar haqiqatda amalga oşirilmagani qayd etilgan, hudud hamda bufer zonani kompleks kartografiyalaştiriş va obodonlaştiriş 2022 yilda ötkazilişi möljallanayotgan Şanxay hamkorligi taşkiloti sammitiga atab 16ta mehmonxona qurilişi uçun qayta körib çiqilmoqda.
Sammitgaça şaharning markaziy köçasi yonidagi uylar qayta tiklanadi, kanal, «Registon Plaza» va «Afrosiyob» mehmonxonalari modernizatsiya qilinadi. Bufer zonalar çegarasida ikkita sanoat zonasini obodonlaştiriş rejalaştirilgan. Turar joy binolariga tutaş uçastkalarda kökalamzorlaştiriş taklif etilmoqda. Aeroport yöli böylab turar joy binolari buziladi. Bevosita bufer zonalar çegarasidan taşqarida xususiy qurilmalar buziladi va Temuriylar uslubida qayta quriladi, «faoliyat körsatmayotgan zavod şahar ehtiyojlari uçun qayta taşkil etiladi».
Özbekiston «Ustuvor loyihalarni loyihalaştirişda amal qilinadigan prinsiplar» hujjatini taqdim etgan, biroq BMQ dokladida qayd etilişiça, hujjat garçi nazariy jihatdan maqbul bölsa-da, uning amaliy yönalganligi qay darajada ekani noma'lum.
BMQ ma'lumotiga köra, Samarqand YuNeSKOdan sönggi 20 yil içida şahar landşaftini saqlab qoliş uçun 130 ming AQŞ dollari miqdorida mablağ olgan. Hokimiyat xatti-harakatlari tufayli natija butunlay teskari: tarixiy landşaft xavf ostida.
«Taklif etilayotgan loyihalar uçun asosni ta'minlovçi hujjatlarning nazorati juda muhim. Yuqorida qayd etilgan vositalar xususiy quruvçining manfaatlarini öylab emas, «jonli» şaharni asraş, uning aholisi talablarini e'tiborga olib va meros qadriyatlarini saqlab qoliş asosida işlab çiqilişi kerak», — Butunjahon merosi markazining xulosasi şunday.
Butunjahon merosi böyiça komissiya Özbekiston öz dokladida Samarqanddagi buzilişlar böyiça birorta tafsilot keltirmaganini qayd etib ötgan. «Şu paytgaça buzilgan qurilmalar va tozalangan uçastkalar haqida birorta hujjat taqdim etilmagan, tugallangan, joriy yoki rejalaştirilayotgan yangi binolarning rejalari va çizmalari yöq. Şaharda amalga oşirilayotgan yirik quriliş loyihalarining soni va xili köp, ular 2022 yilgaça bölgan muddatda ulgurib qoliş uçun katta tezlikda olib borilmoqda. Xususiy mulk çegaralarida bir qator uçastkalar buzilişini taqozo etadigan «Samarqand şahar turistik zonasi» köp funksiyali loyihasi xalqaro sammit loyihalariga ham, hattoki Boş rejaga ham taalluqli emas. Bu şunçaki xususiy taşabbus», — deyiladi BMQ komissiyasi hujjatida.
2018 yil Samarqand viloyati hokimligi uçun şarmandali va foş qiluvçi yil böldi. Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jörayev şahar uçastkalari sotuvini yölga qöygan. Jinoiy iş materiallarida aytilişiça, Jörayev 1 mln 850 ming dollar miqdorida pora olgan va bu pullar aşyoviy dalil sifatida uning seyfidan çiqarilgan. Önlab quriliş kompaniyalari rahbarlari ötgan yilning iyul oyida Özbekistonni şoşilinç tark etişgan. Öşanda Özbekiston madaniyat vaziri Bahodir Sayfullayev Samarqandning tarixiy markazidagi qurilişlar atrofidagi vaziyat respublika uçun katta boşoğriq bölişini aytib ötgan edi. Mana, şu kunlarga ham yetib kelganga öxşaymiz…, — deb yozadi Yuriy Çernogayev.
Eslatib ötamiz, Samarqand viloyatining amaldagi hokimi Erkinjon Turdimov fevral oyida Samarqand şahridagi quriliş sohasidagi korrupsiya haqida gapirib, «Qurilişdagi pinhona kelişuvlar, hujjatlardagi soxtaliklar, tender tanlovlari yopiqligi sohadagi qonun buzilişlari hamda korrupsiyaga yöl oçgan. Ayniqsa, qadimiy şahardagi ayrim tarixiy meros obektlariga zarar yetgan. Bu holat UNESCO ma'muriyatining e'tiroziga sabab bölgan», — degan edi.
1 iyul kuni ötkazgan yiğilişda E.Turdimov yana Samarqand viloyatida barpo etilayotgan qurilişlar, jumladan, turar joylar bilan boğliq korrupsion sxemalar haqida gapirgan.
«Şaharda hamma yoq «öyin». Korrupsiya! Qurilişga ruxsat beriş uçun imzolangan qarorlarning asli yöqotib yuborilgan. 85ta qarorning asli yöq. «Qani qaror?» desak, «Yöq qaror. Umuman, bu qaror bölmagan bölişiyam mumkin», degan javobni eşitamiz», — degan E.Turdimov.
«Yaşiradigan narsa qolgani yöq özi: «Ötirib yer sotamiz», deya korrupsiyalaşgan rahbarlarni ayblar ekan, Turdimov şahar markazidagi qurilişlar borasida yana ogohlantiriş bergan: «Samarqand şahrining tarixiy qismida birorta yangi uy quriş mumkin emas. Davlat rahbarining bu borada topşiriği bor. Uy-joy quriş uçun qaror çiqariş mumkin emas. Şu yerga ham qarorlar çiqarilgan. 2018 yilning iyul oy örtalarida Boş vazirning moratoriy borasidagi bayonnomasi tasdiqlangan edi. Öşa bayonnomadan keyin ham qarorlar imzolab berilgan. 2018 yil dekabrda, 2019 yil fevralda çiqqan qarorlar bor.
Loyiha böyiça şahar markazida mehmonxona quriş mumkin, lekin köp qavatli uy quriş mumkin emas. Qurganlarning imorati ham buziladi. Hali körasizlar, «şoxim bor», deb yurganlarniki ham buziladi», — degan Samarqand viloyat hokimi yiğilişda.