Ozarboyjon poytaxti Boku şahrida YuNeSKO Butunjahon merosi qömitasi 43-sessiyasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Unda Ozarboyjonning birinçi vitse-prezidenti, YuNeSKO köngilli elçisi Mehribon Aliyeva iştirok etdi. Şuningdek, YuNeSKO boş direktori Odre Azule, taşkilotning Ijro kengaşi raisi Li Ben Xyon va Ozarboyjon respublikasi madaniyat vaziri Abulfas Garayev ham sözga çiqişdi. Butunjahon merosi qömitasi 43-sessiyasida Özbekistondan YuNeSKO işlari böyiça milliy komissiya raisi, boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov boşçiligidagi delegatsiya iştirok etmoqda. Butunjahon merosi qömitasining 43-sessiyasida dunyoning 180dan ortiq mamlakatidan 2500dan ziyod kişi - vazirlar, YuNeSKO elçilari, tegişli taşkilotlarning boş direktorlari, xalqaro tuzilmalarning Ozarboyjondagi elçilari va mamlakat hukumati a'zolari qatnaşmoqda.

Qömitaning Bokudagi sessiyasida YuNeSKO röyxatiga kiritiş uçun 42 arizadan 36 taqdimot körib çiqiladi. Bulardan 6 taklif - tabiiy merosga, 28tasi - madaniy merosga va 2tasi aralaş (tabiiy va madaniy) merosga taalluqli. Ikki kunlik sessiya doirasida Aziz Abduhakimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi vakillari YuNeSKO boş direktori Odre Ozule, Ozarboyjon boş vazir örinbosari D.Ahmedov, madaniyat vaziri A.Garayev, ta'lim vaziri D.Bayramov, Turizmni rivojlantiriş davlat agentligi raisi F.Nagiyev, YuNeSKO Butunjahon merosi markazi direktori M.Ryossler hamda Butunjahon merosi qömitasiga a'zo 21 mamlakat delegatsiyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazişi rejalaştirilgan.

«Bugungi kunda Özbekiston va YuNeSKO örtasida köp bosqiçli va samarali hamkorlik amalga oşirilmoqda. Xususan, ötgan yilning oktyabrida Prezident Şavkat Mirziyoyevning YuNeSKO ştab-kvartirasiga taşrifi davomida imzolangan «Mamlakatlar dasturi» doirasida madaniyat, ta'lim, ilm-fan va AKT rivoji kabi yönalişlarga oid muhim loyihalar amalga oşirilmoqda. Tomonlar örtasida Özbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy merosini asraş masalalari böyiça yölga qöyilgan konstruktiv muloqotni alohida ta'kidlaş joiz, bu respublika tomonidan ratifikatsiya qilingan barça normalar hamda YuNeSKOning uşbu yönalişdagi tavsiyalarini töliq ta'minlaş imkonini beradi. Bundan taşqari, Aziz Abduhakimov «Ipak yöli» Xalqaro turizm universiteti rektori sifatida Ozarboyjon turizm va menejment universiteti bilan ta'lim va ilm-fan böyiça Anglaşuv memorandumini imzolaşi kutilmoqda.
















