Samarqand viloyat hokimligida quriliş işlari bilan boğliq yiğilişi ötkazildi. «Zarnews» xabariga köra, yiğilişi çoğida bundan keyin şaharda quriliş bilan boğliq jarayonlar oşkora amalga oşirilişi haqida ma'lum qilingan.
Yiğilişga hokimlik mutasaddilari, arxitektorlar, quruvçilar, şuningdek, deputatlar, OAV xodimlari, faol ziyolilar taklif etildi.
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov yiğilganlarni Samarqand şahridagi qurilişlar böyiça respublika prokuraturasi işçi guruhi taqdim etgan ma'lumotnoma bilan taniştirdi.
Ma'lum bölişiça, viloyat markazidagi 141ta obektda yer ajratiş, quriliş tartib-qoidasi va texnologiyalari buzilgan. Uşbu kamçiliklarni bartaraf etişga mutaxassislar bilan bir qatorda keng jamoatçilikni jalb etişga kelişib olingan.
«Qurilişdagi pinhona kelişuvlar, hujjatlardagi soxtaliklar, tender tanlovlari yopiqligi sohadagi qonun buzilişlari hamda korrupsiyaga yöl oçgan. Ayniqsa, qadimiy şahardagi ayrim tarixiy meros obektlariga zarar yetgan. Bu holat UNESCO ma'muriyatining e'tiroziga sabab bölgan», — degan viloyat hokimi.
Hokimning aytişiça, bundan keyin viloyatda, xususan, yer ustidagi oçiq muzey deb tan olingan Samarqand şahridagi barça quriliş oşkora amalga oşiriladi. Obektlarning qurilişi, rejalaştirilişida jamoatçilik va aholi fikri hisobga olinadi. Qurilişdan şaxsiy manfaat köriş uçun quruvçiga ham, ijro organi rahbarlariga ham, «örtakaş» tovlamaçilarga ham yöl berilmaydi.
Deputatlar, jurnalistlar, umuman, ziyolilardan iborat tarğibot guruhi aholi örtasida hamda OAV orqali yangi obektlar qurilişi bilan boğliq rejalarni tuşuntiradi.
Ayrim mahallalarda eski uylar köp, ba'zi mahallalarda kanilizatsiya yöq, hovlilar sel kelişi mumkin bölgan suv yöllarida joylaşgan. Tabiiyki, kelgusida bunday manzillarda rejali qurilişlar olib boramiz. Lekin har qanday şaroitda obida va binolar muhofazasi e'tiborda böladi.
Yiğilişda örganilgan obektlarda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar belgilandi.
Eslatib ötamiz, 2018 yilning iyulda Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jörayev quriliş kompaniyasidan pora olgani uçun qölga olingandi.
Ma'lum bölişiça, uning hokimligi davrida Samarqand viloyat hokimligida turar joylar quriş uçun ruxsatnoma beriş, yer uçastkalarini taqsimlaşda öziga xos «stavka» joriy etilgan.











