Jahon | 15:20 / 09.07.2019
4039
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada ingliz tilidagi yo‘l ko‘rsatkichlari noqonuniy deb topildi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Danichev

Finlyandiyaning ayrim shaharlaridagi fin va shved tillariga o‘girilmagan ingliz tilidagi ko‘rsatkichlar noqonuniy va to‘g‘rilanishi shart, dedi parlament ombudsmeni Petr Yaaskelaynen.

Avvalroq Finlyandiyaning qator shaharlari markazlarida faqat ingliz tilida yozilgan No Drone Zones ko‘rsatkichlari ustidan shikoyat tushgandi. Ko‘rsatkichlarni o‘rnatishga mas'ul bo‘lgan Traficom tashkiloti ko‘rsatkichlar ommabop turistik hududlarda joylashganini, davlat tilidagi ma'lumotni ular tushunmasligini bildirdi.

"Ko‘rsatkichlar Finlyandiyaning barcha rasmiy xabarlar fin va shved tillarida bo‘lishi belgilangan til to‘g‘risidagi qonunini buzadi. Ingliz tilidagi yozuv bilan dron ramzi tushirilgan ko‘rsatkich ingliz tilini yoki dron nima ekanligini bilmaydigan odamlar uchun tushunarsiz bo‘ladi", - dedi ombudsmen.

Avvalroq fin tili bo‘yicha davlat komissiyasi jamiyatda ingliz tilidan keng foydalanilayotganidan tashvishlanayotganligi ma'lum qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid