Soğliqni saqlaş vazirligi QHTBT portalida «Majburiy tibbiy suğurta töğrisida»gi Qonun loyihasini e'lon qildi, u 2021 yil 1 yanvardan kuçga kirişi kerak. Bu haqda Norma yozmoqda.

Taklif etilayotgan qonunning maqsadi – Özbekiston fuqarolarining malakali tibbiy yordam oliş hamda majburiy tibbiy suğurtaning (MTS) huquqiy, taşkiliy, moliyaviy asoslari va tamoyillarini belgilaş uçun fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşiriş maqsadida MTS sohasida yuzaga keladigan jamoatçilik munosabatlarini tartibga soliş.

 MTSning asosiy tuşunça va tamoyillari belgilandi. Tuşunçalar apparati bepul tibbiy-ijtimoiy yordamning kafolatlangan hajmi, tibbiyot muassasalari, ularning turlari, tibbiy xizmat va boşqa tavsiflarni öz içiga olgan.

 MTSning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:

• ijtimoiy maqomi va kiritgan yiğimi (badali) miqdoridan qat'i nazar, barça suğurtalangan şaxslar tibbiy xizmatlardan teng foydalanadi;

• tibbiy xizmatlardan hududlarda teng foydalaniladi;

• hamyonbop va sifatli tibbiy xizmatlar körsatiladi.

 Loyiha tibbiy resurslardan teng foydalanişni, öz salomatligini saqlaş va mustahkamlaşdan manfaatdorlikni ta'minlovçi motivatsiya dasturlarini joriy etiş yöli bilan salomatlikni saqlaş uçun fuqarolarning javobgarligini oşirişga ham yönaltirilgan.

 Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan majburiy tibbiy suğurta uçun yiğim va badallar miqdorini Prezident tasdiqlaydi.

 Qonun kimlarga tatbiq etiladi

 Qonun quyidagilarga nisbatan amal qiladi:

• bepul tibbiy yordam va MTSning kafolatlangan hajmi doirasida tibbiy xizmatlardan foydalaniş huquqiga ega bölgan suğurtalangan şaxslar;

• iş beruvçi bölgan korxonalar, taşkilotlar, muassasalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, tibbiy xizmatlarni yetkazib beruvçilar, Majburiy tibbiy suğurta jamğarmasi, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, şuningdek MTS sohasida faoliyat yurituvçi boşqa şaxslar.