Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayyor qabulda 6 fuqaro jazoni o‘tash muassasasidan oilasi bag‘riga qaytarildi, 34 kishi jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod qilindi
Oliy sud rahbariyati tomonidan viloyatlarda muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan sayyor sud majlislari va aholi bilan ochiq muloqotlarda fuqarolarning ko‘plab muammolari qonuniy yechimini topmoqda.
Oliy sud matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 6-7 iyul kunlari Oliy sud raisi o‘rinbosari X. Yodgorov va Oliy sud sudyalari, viloyat sudi raislari tomonidan Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani va Termiz shahar xalq qabulxonalarida xalq bilan ochiq muloqot va sayyor qabullar o‘tkazildi. Sayyor qabulda 108 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Shundan 23 nafar fuqaroning shikoyat arizasi nazorat tartibida o‘rganish, 7 nafar fuqaroning arizasi esa, viloyat va tumanlararo sudlarida ko‘rib chiqish uchun qabul qilib olindi. 38 nafar fuqaroga murojaati yuzasidan qonuniy tushuntirish berildi. 40 nafar fuqaroning muammosi joyida hal qilindi: 6 nafari (1 ayol va 5 erkak) jazoni o‘tash muassasasidan ozod qilinib, oilasiga qaytarildi. 34 nafar shaxs axloq tuzatish ishi, ozodlikdan cheklash kabi jazoni o‘tashdan shartli ravishda ozod qilindi.

Bundan tashqari, sayyor qabullar jarayonida viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” markazi xodimlari bilan hamkorlikda notinch oilalar a'zolari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Ochiq muloqotda oilaning muqaddasligi, farzand tarbiyasida tutgan o‘rni haqida batafsil tushuntirish berildi va “Farzand omonat” va “Ota” nomli videofilmlar namoyish etildi. Natijada 6 ta nizoli oila tiklandi. Shuningdek, murojaatchilarning aliment undirish, bolalar tarbiyasi va uy-joy bilan bog‘liq muammolari hal etildi.
Mavzuga oid
20:28 / 03.07.2026
Oliy sud Plenumida inson huquqlari va sud amaliyotiga oid muhim qarorlar qabul qilindi
20:11 / 02.07.2026
Oliy sud Plenumining majlisi birinchi marta jonli efirga uzatiladi
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
21:08 / 22.06.2026