Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo hokimi viloyat rahbarlari 28 yil qadam bosmagan olis qishloqda tog‘liklarning muammolarini o‘rgandi
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov tomonidan haftaning har yakshanba kuni olis va chekka, aholi zich yashaydigan hududlarda o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullar fuqarolarning murojaatlarini samarali hal etishda muhim omil bo‘lmoqda, deb yozadi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
7 iyul kuni navbatdagi sayyor qabul Denov tumanining viloyat markazidan qariyb 200 kilometr uzoqlikda joylashgan tog‘li O‘shor qishlog‘ida tashkil etildi. Unda fuqarolarning murojaatlari, masalalarini ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar, idora va tashkilotlar rahbarlari, «Xalq qabulxonasi» vakillari jalb etildi.
Borish qiyin bo‘lgan tog‘li O‘shor qishlog‘ida 4 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Uning 50 foizini yoshlar tashkil etadi. Samimiy muloqot chog‘ida odamlar o‘tgan 28 yil davomida birinchi marotaba bu qishloqdagi muammolarni o‘rgangani kelgan viloyatning yangi hokimiga ko‘pdan buyon o‘ylantirib kelayotgan muammolarini aytishdi.
O‘shorliklar va ularga qo‘shni bo‘lgan qishloqlar aholisidan 100 dan ziyod murojaatlar tushdi. Murojaatlarning aksariyati aholini ko‘pdan buyon qiynab kelayotgan muammolar, xususan yo‘l, qishloq vrachlik punkti, maktabgacha ta'lim muassasasi qurilishi, elektr energiya ta'minotini yaxshilash bilan bog‘liq masalalardir.
– Sina va O‘shor qishloqlari orasidagi 20 kilometrlik, O‘shor qishlog‘ining 12 kilometrlik ichki yo‘llari turli yog‘ingarchilik va sellar tufayli nosoz ahvolga kelib, yillar davomida odamlarimizga katta qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. — deydi fuqaro O.Ro‘ziboyev. — Viloyatimiz hokimi bu muammoni qisqa muddatda bartaraf etish to‘g‘risida yo‘l qurilishi tashkilotiga topshiriq berib, qilingan ishlarni shaxsan o‘zlari yana 3 avgust kuni kelib ko‘rishlarini aytdilar. Nihoyat, ko‘p yillik muammoli masalalarimiz ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.
Muloqot davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning 27 tasi joyida hal etildi. Muddat talab etadigan 76 ta murojaat nazoratga olinib, unda ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Sayyor qabul munosabati bilan viloyat markazidan jalb etilgan malakali mutaxassis-shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.
Borish qiyin bo‘lgan bu kabi olis hududlar aholisining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish, ularni qiynab kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish odamlarning hayotga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga, turmush farovonligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
13:39 / 02.11.2025
Surxondaryodagi ayiqlar makoni – Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i | Manzil
14:48 / 23.10.2025
«Darband» postida tirbandlik - rasmiy bayonot berildi
10:49 / 19.10.2025
Navoiyda favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i 3 ming dollar pora bilan ushlandi
17:10 / 30.04.2024