Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ma'muriyati Tayvanga 2,2 mlrd dollarlik tank va raketa majmualari sotishni ma'qulladi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Tayvanga M1A2T Abrams tanklari va Stinger zenit-raketa majmualari sotishni ma'qulladi. Bu haqda Pentagonda ma'lum qilindi.
Xabarga ko‘ra, AQSh davlat departamenti 108 ta tank hamda tegishli qurilma – 14 ta M88A1 zirhlangan ta'mirlash-evakuatsiya mashinasi, 16 ta shatakchi, 300 dan ko‘proq pulemyot va 250 ta Stinger majmuasini sotishni ma'qullagan.
Tanklarning umumiy qiymati 2 mlrd dollarga, zenit-raketa majmualariniki esa 223 mln dollarga baholanmoqda.
Ta'kidlanishicha, tanklarning sotilishi AQShning milliy, iqtisodiy va xavfsizlik manfaatlariga to‘g‘ri keladi.
Zenit-raketa majmualari sotilishi esa “mintaqada siyosiy barqarorlik, harbiy muvozanat va iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim kuch” hisoblangan Tayvanning xavfsizligi va mudofaa salohiyatini yaxshilaydi.
AQSh ma'muriyati ushbu qaror haqida kongressni rasman xabardor qilgan. Endi kongressda ushbu harbiy bitimni o‘rganish va bloklash uchun 30 kun bor.
Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi deb hisoblovchi Pekin orolga AQSh quroli va harbiy texnikasining sotilishiga qat'iyan qarshi chiqadi.
Mavzuga oid
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
22:24 / 16.06.2026