Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika vazirligi: Andijon viloyati limit 8,8 mln kVt.soat bo‘lgani holda 9,6 mln kVt.soat energiya sarflagan
Bugun, 10 iyul kuni Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar xonasida Energetika vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Andijon viloyat hokimining so‘zlari muhrlangan audioyozuv, xususan viloyatda sarflanadigan elektr energiyasiga oid savollarga yuzasidan izoh so‘raldi.
Energetika vazirligi vakillarining ma'lum qilishlaricha, Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov o‘z so‘zida «elektr vaziri» degan jumlani ishlatgan. Aslida bunday vazirlik yo‘q, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va uning tarkibida qator tarkibiy tuzilmalar mavjud. Hokimning so‘zlaridan uning yoniga kim borgani va aynan qaysi vazirlik yoki tashkilot rahbari bilan gaplashganini aniqlashning imkoni bo‘lmagan.
Kelajakda viloyatlarda ishlab chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida qancha elektr energiyasi zarur bo‘lishi bo‘yicha prognozlar tahlil qilib boriladi.
Endi bevosita Andijonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi miqdoriga kelinsa, «Milliy Elektr tarmoqlar» AJ raisi o‘rinbosari Xoliq Elmurodov shunday ma'lumot berdi – viloyatning kunlik (8 iyul kungi) limiti 8,8 mln kVt.soat bo‘lgani holda 9,6 mln kVt.soat energiya sarflagan, ya'ni bu viloyatga mo‘ljaldagidan ko‘proq elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026