Jizzaxda YHXB xodimini do‘pposlab, uning pogonini yulib olgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
7 iyul kuni soat 18:30 larda Jizzax viloyati IIB YXHB inspektori O.Q. Jizzax shahar, «Eski shahar dehqon bozori» hududida xizmat vazifasini bajarib, «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisiga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda, shu yerdan o‘tib borayotgan 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro S.N. mast holatda IIB YXHB xodimlarining oldiga kelib, ularni turli so‘zlar bilan haqorat qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
IIB YXHB xodimlari uni tinchlantirmoqchi bo‘lganida, ularga qarshilik ko‘rsatib, O.Q.ning pogonini yulib olib, uni urib, bo‘yin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan S.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
S.N. tegishli protsessual tartibda ushlangan.
Bundan avvalroq Jizzax viloyat IIB YHXB inspektori S.G‘aniyev «Jiguli» mashinasi haydovchisiga ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirayotganida, shu yerdan o‘tib ketayotgan Nodir Inomov mast holda inspektorni haqorat qilib, unga qo‘l ko‘targani videosi tarqalgandi.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024