Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat va san'at sohasida DXSh asosida berilishi mumkin bo‘lgan davlat mulki obektlari ro‘yxati tasdiqlandi
Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko‘maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin bo‘lgan davlat mulki obektlarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, qaror bilan Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i mablag‘larini jamlash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, maxsus hisobvaraqdagi mablag‘lardan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashga imtiyozli kredit berish uchun madaniyat va san'at nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida foydalaniladi.
Bundan tashqari, qaror bilan Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va san'at nodavlat muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom nodavlat teatr va sirklar, hayvonot bog‘lari, madaniyat saroylari, konsert zallari, madaniyat markazlariga tatbiq etiladi.
Budjetdan subsidiyalar madaniyat va san'at nodavlat muassasalari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun yillik daromadlari va xarajatlari hajmidan, madaniy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnomalardan kelib chiqib ajratiladi.
Unga ko‘ra, tadbirkor subsidiyalar ajratish uchun moliya organiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
Madaniyat va san'at nodavlat muassasasi budjetdan subsidiya olishga buyurtmanomani hisobot oyidan keyin ikki oy davomida taqdim etishi mumkin.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
15:07 / 01.06.2026