Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shma ta'lim dasturlariga kirish tartibi belgilandi
Qo‘shma ta'lim dasturlariga kirish tartibi belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, respublika hududida tashkil etilgan va tashkil etilayotgan qo‘shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash belgilangan ta'lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqichda abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan alohida tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etadilar;
2-bosqichda abituriyentlar xorijiy hamkor tomonidan belgilangan kirish imtihonlarini topshiradilar.
Shuningdek, Davlat komissiyasi majlisining 2019 yil 4 iyuldagi 1-son bayoni bilan quyidagi OTMlarga qo‘shimcha joy ajratildi:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Oliy adabiyot kursi” magistratura mutaxassisligiga davlat granti asosida qo‘shimcha 10 ta;
Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga sirtqi ta'lim shakli uchun to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha 200 ta.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
08:53 / 08.06.2026
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
08:57 / 05.06.2026
Abituriyentlar qabuli boshlandi
13:43 / 02.06.2026