Rivojlanmagan davlatlar muammosi uchun yechim 5ta masalaga bog‘liq - Jahon savdo tashkiloti
Jahon savdo tashkiloti (JST) global savdo maydoniga rivojlanayotgan davlatlarni ham qo‘shish maqsadida «Savdo boshlovchilar uchun moddiy yordam» loyihasini amalga oshirmoqda.
Dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida savdo-sotiq rivoji BMTning barqaror taraqqiyot maqsadiga yaqinlashishda uchun kalit bo‘lishi mumkin, deya ma'lumot beradi weforum nashri.
Bu borada 3-5 iyul kunlari Jahon Savdo Tashkiloti o‘zining har 2 yilda an'anaviy bir marta tashkillashtiradigan «Global miqyosda savdo aylanmasiga erishish uchun ko‘mak» dasturini ishlab chiqdi.
«Iqtisodiy mustaqillik va xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash» shiori ostida o‘tgan bu tadbirga rasmiy xayriya fondining 30 foizi – 40 milliard dollari yo‘naltirildi.
Aytish joizki, iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolayotgan mamlakatlar uchun ajratilgan yordam puli 2017 yil 18,8 milliardni tashkil qilib, 2005 yilgiga nisbatan 3 baravar o‘sishni qayd qilgandi. Bu yilgi yordam mablag‘i ham o‘tgan yillarga solishtirganda sezilarli darajada oshgan.
Garchi bu kabi dasturlar yordamida ma'lum natijalarga erishilayotgan bo‘lsa-da, hali dunyoning 47ta eng kam rivojlangan davlatidan 35tasi o‘zlariga berilgan bu izohdan qutilish uchun harakat qilish maqsadida endigina «ostonaga chiqqan» . Ularni taraqqiyoti past deb baholashga esa 3 narsa sabab bo‘ladi: aholi jon boshiga daromad ko‘rsatkichi, aholining mehnat unumdorligi, iqtisodiyotning bardoshlilik indeksi turlicha ekanligi.
Bugun butun dunyo savdo aylanmasining bor yo‘g‘i 1 foizi eng kam rivojlangan davlatlar iqtisodiga to‘g‘ri keladi. Bu ulushning ham deyarli yarmidan ko‘prog‘i Angola, Bangladesh, Myanma davlatlari o‘rtasida taqsimlanadi. Ular eksportining asosiy qismini juda primitiv mahsulotlar — qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon va baliqchiliq xomashyolari tashkil qiladi.
Bu toifadagi davlatlarning iqtisodiy xilma-xilligi cheklanganligi tufayli ham ular tashqi iqtisodiy bo‘hronlarga chidamsiz, taraqqiyotga erishish yo‘li ham o‘ta uzun bo‘lib ketmoqda.
Xalqaro uyushmalar Barqaror taraqqiyot dasturi kun tartibida «2020 yilgacha rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotini yuqori darajaga ko‘tarish, shuningdek, qashshoq davlatlarning global eksportdagi ulushi hajmini 2 baravarga oshirish» ga va'da beruvchi harakatlarni boshlagan.
Biroq kam rivojlangan davlatlarda olib borilgan kuzatishlar yordamida aytish mumkinki, ularning kuchli integratsiyaviy maydonga kirishlari uchun ayrim muammolarni hal qilish birinchi darajali masala bo‘lib qolmoqda.
Dunyodagi kam ta'minlangan qatlam vakillari uchun savdo va investitsiya sohasida xalqaro hamkorlikni yuzaga keltirish muhim shartga aylangan.
Bu davlatlar uchun xalqaro hamkorlik hanuz zabt etilmagan cho‘qqi bo‘lib qolmoqda. Biroq agar unga erishilsa, rivojlanmagan davlatlar marketing sohasida muvaffaqiyatga erishishi, ish o‘rinlari yaratib, kambag‘allik darajasini sezilarli tushira olish imkoni paydo bo‘ladi.
Mavjud vaziyat esa iqtisodi zaif mamlakatlarning taraqqiyoti uchun xavf tug‘diruvchi va turli-tuman rejimlarni yuzaga chiqaruvchi bo‘lib xizmat qilmoqda. Katta davlatlar orasida ham noaniq muhit hukmronlik qilmoqda.
Yangi iqtisodiy modellar taraqqiyotga erishishga harakat qilayotgan davlatlar uchun juda ko‘p tushunmovchiliklar sababchisiga aylanib qolmoqda.
Eng kam rivojlangan davlatlarning bir-biriga bog‘liq bo‘lib qolishlari uchun bitta sabab — global sifat zanjirining tezlik bilan ommalashishi. Yaxshi ma'lumot bazasiga ega bo‘lgan raqamli iqtisodga talabning oshib borishi konvergensiya muhitini yaxshilasa-da, kambag‘al davlatlar va ularning aholisi uchun boshi-oxiri yo‘q savollarni ham yuzaga keltirmoqda.
Masalan, taraqqiyotdan orqada qolayotgan davlatlar qanaqa strategiya bilan o‘z iqtisodiy tizimlari xilma-xilligini oshirishi mumkin? O‘zaro integratsiya ishlab chiqarish va servis sohasida ko‘zlangan maqsadga erishish imkonini beradimi?
Malaka darajasi va ta'lim omillari jahon iqtisodida qisman ulushga ega bo‘lish uchun har qachongidan ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
2017 yilda kam rivojlangan davlatlar iqtisodiga yo‘naltirilgan 11,7 milliard dollarning 60 foizidan ko‘pi iqtisodiy infrastrukturani mustahkamlash maqsadida yo‘llar, portlar, telekommunikatsiya va energetika sohasiga yo‘naltirilgan.
Iqtisodiyoti kuchsiz davlatlarda ishchi kuchi va mahalliy tadbirkorlik darajasining oshishida malaka va ta'lim omillari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Aynan shu masalalarda yuqori ko‘rsatkichga erishilsa, bu toifadagi mamlakatlar jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishdan manfaatdor bo‘la olishi mumkin.
Shularni hisobga olgan holda, taraqqiyotdan orqadagi davlatlar aholisi 2015 yilga nisbatan 2030 yilda 40 foizga oshishi kutilmoqda. Qishloq xo‘jaligi kabi an'anaviy sektorlarda ham bu davrga kelib ishchilarning mahorati eksport raqobatbardoshligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Eng kam rivojlangan davlatlarda savdo aylanmasini yaxshilash mumkin.
Ta'lim orqali eng kam rivojlangan davlatlardagi turli qiyinchiliklarni yengib o‘tish mumkin. Masalan, shaxsiy qobiliyat va muvaffaqiyatga erishish orasidagi to‘siqlar kamayishi bilan ularni birlashtirish imkoni ko‘payishi kutilmoqda. Dastur, asosan, ziddiyatli va iqtisodiy qiyinchiliklar hukmron davlatlar fuqarolariga tadqiq etilishi kerak.
Shuningdek, taraqqiyotdagi tengsizliklarni bartaraf etish uchun gender tengligi muammosini bartaraf etish ham katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bu boradagi loyihalarga ajratilayotgan mablag‘ ham 17 foizdan 40 foizga yetkazildi. Biroq gender tengligi muammosini hal qilishda monitoring tizimini to‘g‘ri tashkillashtirish, uzoq muddatli baholash ishlarini olib borish kabi qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p.
Kam rivojlangan davlatlarning atrof-muhitga chidamliligini oshirish imkoni bor.
Bu mamlakatlar iqlim o‘zgarishi va tabiiy degradatsiyalarga o‘ta chidamsiz, bir necha o‘n yillardan beri ham ochlik darajasini qisqartirish muammosini hal qilolmayotgan hududlarda joylashgan. Ustiga ustak, savdo ham atrof-muhit bilan bog‘liq qiyinchiliklarni ko‘paytiryapti.
Savdo uchun yordam dasturi atrof-muhit himoyasi prinsiplariga ham rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak. Bunda sanoatda barqaror muhitni yaratish, iqlimga bardoshlilik darajasini oshirish, o‘rmonlarni tiklash va energetika samaradorligiga erishish, ekotizim servislarini joriy etish kabilar nazarda tutiladi.
Agar xalqaro tashkilotlar rejalashtirilgan dasturlar bo‘yicha milliy hukumatlar, fuqarolik jamiyati a'zolari, xususiy sektor bilan birgalikda ishlasa, sanab o‘tilgan 5ta masala o‘z ijobiy yechimini topishi mumkin.
Va, aytish mumkinki, qashshoq mamlakatlar va ularning aholisi uchun ham orzu qilingan marralarga qachondir yetib borishning imkoni bor.
Mavzuga oid
16:48 / 23.07.2020
O‘zbekiston JSTga a'zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rishga kirishdi
15:07 / 30.06.2020
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi iyul oyida o‘tkaziladi
12:55 / 02.06.2020
O‘zbekiston JSTga a'zo bo‘lishi uchun maxsus komissiya tuzildi
17:20 / 25.12.2019