Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi
Londondagi muzokaralar natijasiga ko‘ra, Buyuk Britaniya O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida kelishuvga erishgan 24-davlatga aylandi. Iyun oyida tegishli bayonnomasi imzolanishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov LinkedInʼdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
«O‘tgan oy oxiridan beri biz Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Londonda bo‘ldik. Endi men ular yakunlanganini e’lon qilishdan mamnunman. Shundan beri biz 2025 yil 12 iyun kuni Jyenevada bo‘lib o‘tadigan Ishchi guruhning 10-yig‘ilishi doirasida bayonnomani imzolash uchun ichki tartib-qoidalardan o‘tdik», — deb yozadi O‘runov.
Shuningdek, u Buyuk Britaniya bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan 24-davlat bo‘lganini qayd etdi.
A’zolikni «qat’iy qo‘llab-quvvatlagani» uchun Buyuk Britaniyaga, «tinimsiz mehnati uchun» O‘zbekiston muzokaralar guruhiga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
«Ikki tomonlama kelishuvlarni yakunlash uchun JSTning yana bir necha a’zosi qoldi», — deb yozadi Azizbek Urunov.
May oyida prezident JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish hamda uni sifatli va tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergandi. Xususan, joriy yilda qolgan 9 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash, Ishchi guruhining 2 ta yig‘ilishini o‘tkazish hamda Ishchi guruhning hisobot loyihasini yakunlash orqali O‘zbekistonning JST doirasidagi majburiyatlarini to‘liq shakllantirish vazifalari aniq belgilab berilgan edi.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026