Oliy Majlis Senatining bugun bölib ötayotgan sakkizinçi yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugungi kunda respublika importining 32,3 foizi erkin savdo rejimi örnatilgan mamlakatlar, 61,4 foizi eng köp qulaylik beriş rejimi qöllanayotgan davlatlar hissasiga va qolgan 6,3 foizi savdo rejimi belgilanmagan davlatlar yoki işlab çiqargan mamlakati aniqlanmagan tovarlar hisobiga töğri keladi.
Xususan, respublikaga import qilinayotgan tovarlarning 95 foizi Jahon savdo taşkilotiga a’zo davlatlardan, qolgan 5 foizi esa uşbu taşkilotga a’zo bölmagan davlatlardan olib kelinmoqda.
Şularni inobatga olgan holda, mazkur qonun bilan Bojxona kodeksiga eng köp qulaylik beriş rejimiga ega bölmagan davlatlardan Özbekistonga keltirilayotgan tovarlar uçun tovarning kelib çiqişi töğrisidagi sertifikat mavjud bölmaganda import bojini ikki karra oşirib qöllaş amaliyoti bekor qilinmoqda.
Şu bilan birga, bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgandan söng davlat budjetiga ötkazilişi belgilangan bojxona tölovlarining muddati 5 iş kunidan 3 iş kuniga qisqartirilyapti.
«Mazkur özgartiriş va qöşimçalar bilan milliy qonunçilik normalarini Jahon savdo taşkiloti qoidalariga muvofiqlaştiriş orqali taşqi savdoni adolatli qoidalar asosida amalga oşirişga, import va eksport kölamini kengaytirişga erişiladi», — deyiladi xabarda.
Muhokama yakunida mazkur qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.












