Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boysun tumani tog‘li hududida madaniy, tibbiy va tabiat turizmi markazlari tashkil etiladi
12 iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimligida Turkiyaning “Idealist” shaharsozlik, me'morchilik va muhandislik kompaniyasi vakillari Nevzad Utkan Ilijali hamda Ibrohim Chilipuven Boysun tumanida sayyohlikning zamonaviy turlarini rivojlantirishga oid loyiha taqdimotini o‘tkazdi.
Viloyat hokimligi tashabbusi va “Idealist” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan loyihaga ko‘ra, Boysun tumanining Omonxona qishlog‘idan Zovboshi tog‘li hududigacha bo‘lgan hududda an'anaviy qishloq hayotini aks ettiruvchi 3 ta kichik - madaniy, tibbiy va tabiat turizmi markazlari tashkil etiladi.
Madaniy turizm markazida madaniyat markazi, hunarmandchilik san'ati ustaxonalari, masjid, tadbirlar o‘tkaziladigan maydon, o‘tovlar majmuasi oynali ayvon, avtoturargoh va texnik xizmat ko‘rsatish obektlari joylashtiriladi.
Tabiat turizmi markazida mehmonxona, savdo, gastronomik va ma'muriy majmualar, tibbiy muassasalar, villalar hamda eko bog‘lar joylashtirilsa, tibbiy turizm markazida tog‘-dor yo‘li bekati, maydon, masjid va mehmonxonalar qurilishi taklif etilmoqda.
Turizm markazlari tog‘-dor yo‘li liniyalari orqali o‘zaro bog‘lanadi. Shuningdek, piyoda sayr qilish yo‘llari, erkin tog‘ velomarshruti yo‘nalishlari tashkil etiladi.
Taqdimotda ushbu loyihani 4 bosqichda 20 yil davomida amalga oshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.
Mavzuga oid
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026