«Kapital bozorni rivojlantirish uchun xususiy mulk huquqini to‘la kafolatlash lozim». Agentlik direktori bilan intervyu
O‘zbekistonda kapital bozori qay sharoitlar bilan rivojlanmoqda? Kapital bozor deganda qanday tushuncha paydo bo‘ladi? Uni kelajakda qanday tasavvur etamiz?
Ana shu masalalar yuzasidan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov Kun.uz'ga bergan eksklyuziv intervyusida o‘z mulohazasini bildirdi.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
— Agentlikni boshqarib turgan birinchi rahbar sifatida aytingchi, mazkur tuzilmani tashkil etish g‘oyasi qanday paydo bo‘lgan? O‘zbekistonda ushbu bozorni rivojlantirish uchun qanday muhim talablar shakllangandi?
— Kapital bozorini rivojlantirish agentligini tashkil etilishida sabablardan biri — ushbu sohada O‘zbekistonda mustaqil regulyator kerak edi. Uning asosiy vazifalaridan biri kapital bozori qoidalari, ushbu yo‘nalishda tartibni o‘rnatish bo‘lsa, bundan tashqari mahalliy sarmoyador, fuqaro investorlarga imkoniyat berib, aksiyalarni sotib olish evaziga iqtisodiyotda qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini shakllantirishdan iborat.
Agentlik tashkil etilgunga qadar, Davlat raqobat qo‘mitasi huzurida Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi faoliyat yuritib kelgan. Qo‘mita tugatilib, uning negizida uchta mustaqil organ: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurash davlat qo‘mitasi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi.
Kapital bozori holatini tahlil etsak, O‘zbekiston iqtisodiyoti asosan kreditlar orqali moliyalashtirilgan. Bizning birinchi vazifamiz shuki, kapital bozorni bank kapitalizatsiyasining yarmiga teng bo‘lgan darajada rivojlantirib, uning sifatini oshirish kerak.
— Moliyalashtirish kredit ko‘rinishida banklar tomonidan amalga oshirilayotganini ta'kidlayapsiz. Aslida kapital bozori qanday bo‘lishi kerak?
— Dunyoda kapital bozorni rivojlantirish bo‘yicha har xil modellar mavjud. Bular orasida anglo-sakson tizimi juda mashhur hisoblanadi. Nyu-York, London, Hongkong kabi kapital bozorlari ushbu modelda faoliyat olib borayotgan ilg‘orlar sanaladi. Bu modelga muvofiq, iqtisodiyotni moliyalashtirish manbalarining deyarli yarmi shu bozorlarda shakllanadi. Misol uchun, AQShda qimmatli qog‘ozlar bozorida kapitalizatsiya 30 trillion dollarga yaqin bo‘lib, bu mamlakat YaIM (taxminan 19 trillion dollar) summasidan ancha baland.
O‘zbekistonda esa YaIM taxminan 400 trillion so‘m yoki 50 milliard dollarga yaqin. Kapital bozordagi erkin mablag‘ aylanmasi YaIMning 0,5 foiziga ham teng emas. Mamlakatda bu borada juda katta salohiyat mavjudligini isbotlaydi. Ya'ni investitsiyalarni aksiyalar, obligatsiya orqali jamlashga imkoniyatimiz bor.
Tasavvur qiling, bir korxona shartli balansga (aktiv va passivlari) ega, deylik. Har bir tadbirkor ishini rivojlantirish yo boshlash uchun qo‘shimcha pul jalb etishi kerak. Ko‘pincha bu pul korxona rahbari, biznes egasining puli bo‘ladi, boshqa holatlarda pul qarzga olinadi. Kredit liniyalar orqali moliyalashtirish manbasini topish yaxshi rivojlanyapti, ammo biznesda sherikchilik jamiyatimizda ommalashmadi. Hamkorlar orqali shaxsiy biznesga ko‘proq mablag‘ jalb etish masalasi yaxshi rivojlanmadi.

Obligatsiyalar orqali mablag‘ jalb etish ham manbalarni turfa xil ko‘paytirishning bir usuli. Kreditdan farqli ravishda, garovga mulk qo‘ymay, majburiyatsiz obligatsiya pullari jalb etiladi. Bond egalari esa uni oldi-sotdi amaliyotida qo‘llashi mumkin. Masalan, biror davlat bondlarini xarid qilib, uni bozorda sotib yuborish ham mumkin. Bunda likvidlik masalasi yuqori rol o‘ynaydi. Investor istalgan payt mablag‘larni bo‘shatib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur. Bank tizimida bu sharoit bor: depozitga qo‘yilgan mablag‘ni yechib olishingiz, uni qaytarib olishingiz mumkin.
Biz ham bozorda shu imkoniyatni boshqa ishtirokchilarga taqdim etishimiz kerak. Likvidlik darajasi o‘sishida esa hajmga qaraladi.
Bundan tashqari bozorda professional o‘rtakashlar, agentlar faoliyati talab etiladi. Afsuski, biz kabi rivojlanayotgan davlatlarda shunday imkoniyatlar hali keng emas. Bozor qanchalik katta bo‘lsa, hamma o‘z tovarini o‘sha yerda sotishga qiziqadi. Misol uchun, ro‘zg‘orni to‘ldirishga otlangan uy bekasi ham kichkina bozorga bormaydi. Imkoniyat bo‘yicha katta bozor afzal ko‘riladi. U yerda talab va taklif shartlari qulay bo‘lishi mumkin. Kapital bozori xarakteri ham shunday rivojlanadi.
Biz bozorni rivojlantirmoqchi bo‘lsak, muvofiq keladigan modelni tanlash zarur. Bunda global va tayyor infratuzilmaga qo‘shilib, kirishib ketish mumkin. Ikkinchi yo‘lni tanlasak, mahalliy va milliy bozorni rivojlantirish ustida ish olib borish kerak. Bulardan farqli ravishda, uchinchi yo‘l ham mavjud: dunyo infratuzilmasiga qo‘shilib, bir vaqtning o‘zida mahalliy sharoitlarni soddalashtirib borish orqali mahalliy investitsiya oqimini paydo qilish mumkin.
Kapital bozori o‘z nomi bilan kapitalizm tarafdori, bu — xususiy mulk. Investorlar huquqlarini himoya qilish uchun to‘la kafolat berilishi lozim.
Agar hukumat o‘zi tomondan kapital bozor ishiga qo‘shilib, to‘siqlar paydo qilsa, xususiy investorlar bu bozorga ishonmaydi. Qat'iy qaror qilish kerak, shunga tayyormizmi, degan savolga javob berish ham kerak.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori bilan suhbat davomida bozor xususiyatlari, agentlikning kelgusi rejalari, sohadagi to‘siq va masalalar haqida batafsil ma'lumot berilgan. Ushbu intervyuni to‘liq shaklda havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Alisher Ro‘zioxunov suhbatlashdi
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi
Jahon | 13:12 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi
Sport | 01:40
-
The Atlantic Tramp jamoasining Yamanga hujumni muhokama qilgan chatiga oid yangi skrinshotlarni e’lon qildi
Jahon | 00:46
-
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas O‘zbekistonga keladi
Jahon | 23:50 / 26.03.2025
-
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga quladi. Uning ichida bo‘lgan oila 12 soatdan keyin qutqarildi
Jahon | 23:36 / 26.03.2025
Mavzuga oid

20:16 / 03.01.2024
Soliqqa tortilmaydigan daromad turlari ikkitaga ko‘paytirildi

15:50 / 04.09.2023
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta va kapital bozorlari regulyatoriga aylandi

14:42 / 04.09.2023
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Markaziy bankka o‘tkazilmoqda

10:46 / 26.12.2022