Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Sultonov: «O‘zbekistonda energetika xavfsizligi doktrinasi ishlab chiqiladi»
O‘zbekistonda energetika xavfsizligi doktrinasi ishlab chiqiladi. Bu haqda energetika vaziri Alisher Sultonov Kun.uz’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Energetika vazirligi xorijiy maslahatchilar, xalqaro moliya institutlari bilan mamlakat energetika xavfsizligi doktrinasini yaratish bo‘yicha muloqot qilyapti. Bu juda jiddiy hujjat. U geologiya-qidiruv ishlaridan boshlanib, elektr energiyasining barcha iste'molchilari masalasi bilan tugaydi. Tabiiyki, biz hozir zamonaviy, energiyasamarador texnologiyalar orqali ishlab chiqarishlarni yaratish haqida o‘ylashimiz lozim. Amaldagi ishlab chiqarishlarni nisbatan energiyasamarador yo‘nalishga o‘tkazish kerak.
Magistral elektr energetika tarmoqlari, gaz quvurlarini modernizatsiya qilishimiz lozim. Butun mamlakat bo‘ylab ba'zi qurilmalarning eskirganlik darajasi 80-90 foizga teng. Hozirda ishlab chiqarilmayotgan uskunalar ham bor. Biz butun tarmoqlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ishlarni qilishimiz shart. Bu borada OTTB bilan hamkorlik qilinyapti. Yaqin orada u yoki bu tarmoqlar modernizatsiyaga jalb etilgan yetakchi kompaniyalarga rod-shoular o‘tkaziladi. Bu, birinchi navbatda, ushbu tarmoqlar xavfsizligiga bog‘liq.
Shuningdek, yo‘qotishlarni optimallashtirish muhim. Biz magistral tarmoqlarda juda ko‘p yo‘qotishlarga egamiz, eng katta yo‘qotishlar esa pastda, yakuniy iste'molchilarga taqsimlash bosqichida. Bunda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Biz butun mamlakat bo‘ylab gazni hisobga olish yuzasidan 3,5 mln.ga yaqin qurilma o‘rnatishimiz kerak. Vazifa oson emas, bu qilinmasa tartib bo‘lmaydi, yo‘qotishlarni aniqlash imkonsiz bo‘ladi. Shunga qarab pastki tarmoqlar modernizatsiyasi ham amalga oshiriladi. Bu ish parallel qilinadi. Elektr energiyasi, gaz bo‘yicha shaharlarda transformatorlar yoki nimstansiyalar, mahallalarda taqsimlash tarmoqlarini yangilash, gaz bo‘yicha uch darajalidan ikki darajali taqsimlashga o‘tish ishlari kutilmoqda. Asosiy yo‘qotishlar past bosimli gaz quvurlarida yuz beradi. Ko‘p mamlakatlardan bundan voz kechib, ikki darajaliga o‘tmoqda. Ya'ni, o‘rtacha bosim yakuniy iste'molchiga yetkaziladi, hisoblagichga reduktor o‘rnatiladi, u uyga past bosimni beradi. Bu bizga butun aholi punkti bo‘ylab bir xil bosimni ta'minlash imkonini yaratadi. Ko‘plar turli nasoslar, kompressorlar o‘rnatadi, bu bosim yo‘qligi uchun. O‘zgarish bilan bosim bir xil bo‘ladi», - dedi Alisher Sultonov.
Video: Youtube
Video: Mover (tas-ix)
Mavzuga oid
09:00 / 21.12.2025
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
16:43 / 19.12.2025
“Uchta O‘zbekistonni boqadigan gaz”, iste’fo talabi va sirli tayinlov – Alisher Sultonov faoliyatiga nazar
17:13 / 16.12.2025
Alisher Sultonov lavozimidan olindi
19:22 / 14.07.2025