15:32 / 13.07.2019
20435

Alisher Sultonov: «Total tartibga solish, tushunarsiz limitlardan voz kechishimiz kerak»

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda kelajakda elektr energiyasi va gazga tariflar bozor tomonidan tartibga olinadi. Bu haqda energetika vaziri Alisher Sultonov Kun.uz’ga intervyusida ma'lum qildi.

«Tariflarni 3 yilga muzlatib qo‘yish aslida moratoriy emas, bu xalqaro amaliyot. So‘nggi ikki yildagi asosiy o‘zgarishlar nimadan - bu chuqur tahlil, xalqaro tajriba natijasi. Iqtisodiyotimiz kuchli rivojlanmoqda, biz ish o‘rinlarini yaratishimiz kerak. Bunga esa energotashuvchilar ishlab chiqarishni oshirish kerak. Yoki o‘zimiz ishlab chiqarishimiz, yoki sotib olishimiz kerak. Moratoriy esa xalqaro tajribadir. Kelajakda tariflar bozor tomonidan tartibga olinadi, tariflar uch yilga o‘rnatilishi normal hisoblanadi. Bu iqtisodiy sektor qisqa muddatli istiqbolda nimalar qilishi, nimalar ishlab chiqarishi mumkinligini belgilab olishda qo‘l keladi. Oddiy biznes reja. Bu o‘yin qoidalari barcha uchun birdek bo‘lishi uchun qilinmoqda.

Ko‘plab mamlakatlar bunga haligacha yetib kelmadi. Taklif talabdan ko‘p bo‘lishi kerak, jamiyat mentaliteti ham bunga tayyor bo‘lishi lozim. Biz sotsialistik iqtisodiyot, total tartibga solish, tushunarsiz limitlardan voz kechishimiz kerak. Buning hammasini bozor hal qilishi lozim. Biz bu tezroq yuz berishiga intilmoqdamiz. Qonunchilik bazasi birinchi bosqichda yaratildi. Yoqilg‘i-energetikada katta o‘zgarishlar yuz bermoqda», - dedi Alisher Sultonov.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Top