Jamiyat | 21:20 / 16.07.2019
4603
2 daqiqa o‘qiladi

Poytaxtda jinoyatchilik 18,7 foizga kamaygan - Toshkent IIBB

Bugun, 16 iyul kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi multimedia markazida navbatdagi an'anaviy brifing bo‘lib o‘tdi. Tadbirda poytaxtda jinoyatchilik profilaktikasi va unga qarshi kurash, yo‘l harakati xavfsizligi, yangi tashkil qilingan turistik politsiya xizmatlariga oid ma'lumotlar taqdim qilindi.

Anjuman davomida taqdim etilgan ma'lumotlarga qaraganda Toshkent shahrida jinoyatchilik o‘tgan 6 oy ichida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada kamayishiga erishilgan.

Xususan:

Umuman jinoyatchilik 18,7 foiz (3469ta – 2018 yilda.; 2820ta – 2019 yilda.);

Jamoat joylaridagi jinoyatlar – 41,7 foiz (412 – 2018 y.; 240 – 2019 y.) ;

Jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar 30,4 foiz (2544 – 2018 y.; 1770 – 2019 y);

O‘g‘irlik: 51,9 foiz (524 – 2018 y.; 252 – 2019 y.);

Firibgarlik: 37,9 foiz (675 – 2018 y.; 419 – 2019 y.);

Talonchilik: 36,6 foiz (60 – 2018 y.; 38 – 2019 y.);

Bosqinchilik: 51,9 foiz (21 – 2018 y.; 10 – 2019 y.);

Bezorilik: 34,1 foiz (82 – 2018 y.; 54 – 2019 y.) kamaygan.

Kun.uz muxbirining jamoat joylarini ifloslantirayotgan yoki avtomobillardan chiqindilar tashlab ketayotgan kishilarning jarimaga tortilish amaliyoti qo‘llanilayotgani yoki yo‘qligi, qo‘llanilayotgan bo‘lsa, necha kishiga nisbatan shunday chora ko‘rilganiga oid savoliga Toshkent shahar IIBB axborot-multimedia markazi rahbari Irina Sayfutdinova shunday javob berdi:

– Poytaxt ozodaligi uchun bunday choralar ko‘rilmoqda va kelgusida ham davom ettiriladi. Sababi jamoat joylarini ifloslantirish bo‘yicha ko‘plab shikoyatlar kelib tushyapti. Tez orada bu masala bo‘yicha aniq axborot taqdim etamiz.

Mavzuga oid