O‘zbekiston | 14:33 / 17.07.2019
3815
1 daqiqa o‘qiladi

17-19 iyul kunlari Kattaqo‘rg‘onda harbiy mashg‘ulot o‘tkaziladi

Foto: KUN.UZ

2019 yil 17-19 iyul kunlari Kattaqo‘rg‘on shahrida Samarqand viloyat IIB tomonidan bir necha bosqichdan iborat o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati Kattaqo‘rg‘on shahar aholisini xavotirga tushmaslikka chaqirmoqda.

«Aholi o‘rtasida vahimali gaplar, har xil mish-mishlar tarqalishini oldini olish maqsadida viloyat IIB matbuot xizmati ogohlantirmoqda. Mashg‘ulotga Milliy gvardiya qo‘shinlari va Markaziy harbiy okrug bo‘linmalari jalb etiladi»,- deyilgan bayonotda.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid