Içki işlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berişiça, hodisa 21 fevral kuni soat 17:35 atrofida Kattaqörğon tumanidagi 7-sonli tergov hibsxonasida sodir bölgan. Qayd etilişiça, 1991 yilda tuğilgan fuqaro X.Q. prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28-, 211-moddalari 1-qismi bilan ayblanib qamoqqa olingan bölgan.

Uning ahvoli keskin yomonlaşgani sababli tibbiyot muassasasiga olib boriş vaqtida, soat 18:00 larda vafot etgan. Birlamçi sud-tibbiy xulosaga köra, ölim sababi “2-tip qandli diabetning oğir asoratlari” deb körsatilgan va tanasida jarohat izlari aniqlanmagan.

Şuningdek, vazirlik ma’lumotida ta’kidlanişiça, 18 fevral kuni ayblanuvçi kasalligi sababli şifoxonaga olib çiqilgan, qarindoşlariga xabar berilgan va u yerda uçraşuv taşkil etilgan. Şifokorlar xulosasiga köra ahvoli qoniqarli deb topilgaç, 20 fevral kuni hibsxonaga qaytarilgan.

Hozirda holat prokuratura organlari tomonidan örganilmoqda.