14 oktyabr kuni Özbekiston Mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik doirasidagi eng katta öquvlaridan biri – «Birlik – 2025» mintaqaviy birgalikdagi öquvining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Oçiliş marosimida ta’kidlanganidek, bir neça kunga möljallangan öquvning maqsadi – mamlakatlar örtasidagi işonçni mustahkamlaş, harbiy hamkorlikni kuçaytiriş, jahonda tobora kuçayib borayotgan geosiyosiy keskinlik va inqirozli holatlar, yuzaga kelayotgan yangi xavf-xatar va tahdidlar şaroitida zamonaviy çaqiriqlarga samarali qarşi turişda yaqin şerikçilik aloqalarini yanada kuçaytirişdir.

Xususan, «Birlik – 2025» mintaqaviy öquvida iştirokçilar hozirgi zamon jangovar tajribadan kelib çiqqan holda jang olib borişning eng samarali uslub va usullarini qöllaş, uzoq masofalardagi nişonlarni işonçli yöq qila oladigan artilleriya, uçuvçisiz uçiş apparatlari, zirhli texnika va boşqa qurollarning imkoniyatlaridan foydalanib, qöyilgan öquv-jangovar vazifani birgalikda bajaradi.


Şuningdek, öquv doirasida iştirokçilar jang olib boriş san’atining ilğor usul va uslublaridan foydalangan holda jangovar tayyorgarlik maşğulotlari bilan şuğullanişi, turli musobaqalarda iştirok etişi, boqiy Samarqand şahriga sayohat qilib, boy tarixiy-ma’naviy meros, urf-odat va an’analar bilan yaqindan tanişişi közda tutilgan.
Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarboyjon mudofaa vazirlarining birinçi uçraşuvi ötkazilişi ham şular jumlasidan.























