Maşğulotlar davomida qabul qilingan qarorlar dastlab modellaştiriş va simulyatsiya vositalarida sinovdan ötkazilib, eng maqbul variantlar amaliyotga joriy qilindi. Amaliy maşğulotlar bir neçta hududda bir vaqtning özida ötkazilib, quyidagi vazifalar bajarildi:

  • uçuvçisiz uçiş apparatlari yordamida şartli duşman hududini razvedka qiliş;
  • şahar şaroitida noqonuniy qurollangan guruhlarni yöq qiliş va qölga oliş operatsiyalari;
  • belgilangan nişonlarga artilleriya va aviatsiya zarbalari beriş;
  • Özbekiston va Qozoğiston havo kuçlari samolyotlari va jangovar vertolyotlari orqali şartli duşman obektlariga zarbalar beriş.

Maşğulotlarni Özbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Şuhrat Xolmuhammedov boşçiligidagi delegatsiya hamda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Ozarboyjon mudofaa vazirlari bevosita kuzatib bordi.

Maşğulotlardan söng mehmonlar harbiy texnikalarni mobil ta’mirlaş ustaxonasi, brigada taktik guruhining qömondonlik nuqtasi va modernizatsiya qilingan texnikalar bilan tanişdi.