Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud: Toshkentda ma'muriy huquqbuzarliklarning 20 foizi ayollar tomonidan sodir etilgan
2019 yilning birinchi yarim yilligida odil sudlovda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Toshkent shahar sudlari tomonidan o‘tkazilgan brifingda shaharning 4 turdagi sudlar raislari ishtirok etdi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, ma'muriy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi Ne'matjon Akbarov ma'muriy huquqbuzarliklar 22865 nafar shaxsga nisbatan 6128ta ma'muriy ish harakatdan tugatilganini aytib o‘tdi. Ushbu huquqbuzarliklarning 20 foizi ayollar tomonidan sodir etilgan.
Shuningdek, ma'muriy sudlarga tegishlilik nuqtai-nazaridan ommaviy munosabatlar ko‘rib chiqiladi. Bu davlat organlari, mansabdor shaxslar qaror va hujjatlari ustidan shikoyatlari sababli ko‘rib chiqiladi. Sud raisining keltirishicha, ushbu 6 oy davomida 762ta ommaviy ishlar ko‘rilgan va 416tasi qanoatlantirilgan, 230tasi rad etilgan, 41tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 75tasi ish yuritishdan to‘xtatilgan. Ushbu 416ta ish doirasida tuman hokimlari qarorlari, DTM hujjatlari, intellektual mulkka oid hujjatlar bekor qilingan.

Brifingda qatnashgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi O‘tkir Xolov ham bir necha statistik ma'lumotlarga to‘xtalib o‘tdi.
«Toshkent shahri doirasida 6 oy davomida 4940ta ish ajrashish masalasida kelib tushgan va 2959tasi tamomlangan. 101ta ish tugatilgan, 158ta ariza ko‘rmasdan qoldirilgan, ya'ni oilaviy yarashuvga erishilgan yoki kelishuvga kelishgan», deydi O‘tkir Xolov.
Brifingda poytaxtdagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari ham qatnashdi. Mahalla raislaridan biri sayyor sudlarni ko‘proq o‘tkazish taklifini berdi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
14:56 / 15.01.2026
Tuman (shahar) va viloyat sudlariga rais lavozimi kerakmi?
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
19:07 / 13.01.2026