Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda «Spark» ag‘darilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida joriy yilning 18 iyul kuni soat 19:00larda Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashagan 39 yoshli D.R. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasini “Zomin-Toshkent” yo‘lining 122-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning chetiga ag‘darilib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada haydovchi D.R. jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashagan 57 yoshli T.V. kasalxonada vafot etgan.
Shuningdek, ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026