Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya tungi vaqtda ham maxsus-taktik mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini ma'lum qildi
Foto: milliygvardiya.uz
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tezkor harakatlanuvchi bo‘linmalarining yuqori jangovar shaylik holatini mustahkamlash va takomillashtirish maqsadida turli vaziyatlardagi xatar va tahdidlarni bartaraf etishni mashq qilish yo‘lidagi o‘quv taktik mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.
Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, ayniqsa, tungi vaqtda olib borilayotgan maxsus-taktik mashg‘ulotlarda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘zlarining professional mahoratini, yuqori jangovar shayligini namoyon qilmoqdalar.
Shuningdek, mashg‘ulotlarda turli xil vaziyatlarda bir tan-u bir jon bo‘lib, innovatsion yondashuvlar asosidagi yangi usul va uslublardan foydalangan holda hamkorlikdagi kuchlar bilan birgalikdagi harakatlarni bajara olish ko‘nikmalari ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid
12:01 / 12.02.2026
Milliy gvardiyada ham bir guruh mulozimlar pensiyaga kuzatildi
15:23 / 28.01.2026
Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘zgardi
12:50 / 29.11.2025
Mahallalar, turistik maskanlar va maktablarda qo‘riqlash kuchaytiriladi
08:20 / 28.11.2025