Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamentining yuqori lavozimli vakili yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyuradi
2019 yilning 19 iyul kuni AQShga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Davlat departamentida davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Devid Heyl va davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston-AQSh munosabatlari holati va yanada rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashilgan.
Uchrashuv davomida 2018 yil may oyida Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifi va Oq uyda prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakuniga ko‘ra qabul qilingan «O‘zbekiston – AQSh: strategik sheriklikning yangi davri» qo‘shma siyosiy bayonotining qoidalarini to‘liq amalga oshirishni ta'minlashga tomonlarning o‘zaro intilishi ta'kidlandi.
Devid Heyl ta'kidlashicha, Vashingtonda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlanayotgani qayd etilmoqda, keng ko‘lamli aloqalarni yanada mustahkamlash uchun konstruktiv trendni davom ettirish maqsad qilingan.
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida turli darajalardagi keng qamrovli aloqalarni jadal rivojlantirish muhimligi ta'kidlandi. Shu munosabat bilan Davlat departamentining yuqori lavozimli vakili yaqin kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurish rejasi haqida ma'lum qildi.
Elis Uells ikki tomonlama munosabatlar istiqbollarini baholar ekan, turli darajadagi aloqalarni jadal rivojlanayotganini qayd etdi. Xususan, so‘nggi 15 yilda ilk bor O‘zbekiston mudofaa vazirining joriy yil iyul oyida AQShga tashrifi, Missisipi shtati gubernatorining mamlakatga kelishi alohida ta'kidlandi.
Ta'lim sohasidagi hamkorlikning ustuvor ahamiyati qayd etildi.
AQSh tomoni afg‘onlararo tinchlik muloqoti, Afg‘onistonning iqtisodiy va ijtimoiy tiklanishi mexanizmlarini boshlash, uning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy jarayonlarga jalb qilinishidagi O‘zbekistonning muhim rolini qayd etdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026